Microsoft’ning maxfiy buklama gadjeti suratlari tarqaldi

  •   DiMaX
  •  1117
  •  19.12.2017 10:46

Microsoft’ning maxfiy buklama gadjeti suratlari tarqaldi

Joriy yilning 15 dekabrida Microsoft kompaniyasi yangi patentga ega bo‘ldi. Unda ikkita ekranga ega noma’lum devaysning buklama mexanizmi aks ettirilgan. Kuzatuvchilar buni uzoq kutilgan Surface Phone smartfoni yoki kodli nomi Andromeda bo‘lgan maxfiy planshet-elektron kitob ekanligini taxmin qilishmoqda.

O‘QING: Microsoft yig‘ma kameraga ega g‘ayrioddiy buklama fablet – Surface Phone’ni tayyorlamoqda

Avstriyalik dizayner Devid Breyer esa yangi gadjet haqida «sizib chiqqan» ma’lumotlar asosida uning konseptlarini tayyorladi:

Ushbu qurilma zamonaviy noutbuklar prinsipi bo‘yicha ishlaydi. Faqat klaviatura o‘rniga uning pastki qismida yana bitta displey bor. Ochilgan holatida bitta ekran ikkinchisiga qo‘shilib ketadi, natijada yaxlit katta ekran effekti yuzaga keladi.

Shuningdek, devaysning qismlari teskari tomonga ham o‘giriladi, bunda uni stolga qo‘yib, ikki tomonidagi ikkita ekrani orqali biror nima tomosha qilish mumkin bo‘ladi.

Shu holida – ekranlari tashqarida qoldirib bukilganida u ilk buklama smartfon – ZTE Axon M qurilmasiga o‘xshab ketadi.

O‘QING: Birinchi buklama smartfon – ZTE Axon M taqdim etildi! (+video)

Yangi qurilma haqida hozircha rasman biror ma’lumot oshkor etilmagan.

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.