Microsoft noan’anaviy smartfonga patent oldi

Microsoft noan’anaviy smartfonga patent oldi

Microsoft ro‘yxatdan o‘tkazgan yangi patentga ko‘ra, kompaniya korpusi ikkiga buklanadigan mobil aloqa vositasini ishlab chiqarmoqchi. Manbaalarning ma’lum qilishicha, “Surface Phone” nomli bu smartfonni yaratish rejasi 2009 yildan bo‘lgan.

Patent hujjatida asosiy e’tibor qurilmaning mexanik qismi, ya’ni sharnir (oshiq-moshiq)ga qaratiladi. Unga ko‘ra, smartfon 3 shaklga kiradi: 0 gradusda – «yopiq», 180 gradusda – «tekis» hamda 360 gradusda – «to‘liq ochiq» formada bo‘ladi. U turli shaklga kirganida, jumladan to‘liq tekis holatda ekranda choklar bilinmasligi uchun magnit va “aqlli” mexanizmlardan foydalaniladi.

Shuningdek patent guvohnomasida ko‘rsatilishicha, ekranning turli burchaklarida bir nechta foydalanuvchi interfeysidan foydalanilishi mumkin. Bu qayishqoq smartfon Windows operatsion tizimida ishlaydi.

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!