Microsoft Selfie ilovasining Android versiyasi yaratildi

Microsoft Selfie ilovasining Android versiyasi yaratildi

Ora-orada  Microsoft kompaniyasi uning faoliyati bilan unchalik ham bog‘liq bo‘lmagan ilovalarni chiqarib turadi. Shulardan biri selfi rasmlar olishga mo‘ljallangan Microsoft Selfie ilovasi bo‘lib, uning iOS versiyasi o‘tgan yilning oxirlarida yaratilgan edi. Yaqinda esa mazkur ilovaning Android versiyasi ham Google Play resursiga yuklandi.

microsoft-selfie-screenshots-840x498

Microsoft Selfie foydalanuvchining yoshi, jinsi va terisi rangini avtomatik ravishda aniqlaydi va shular asosida yorqinlik va boshqa parametrlarni selfining sifatini oshirish uchun optimallashtiradi. Aslini olganda, ilova ranglarni o‘zgartiradi, suratdagi shovqinlarni kamaytiradi va xiralashtirish orqali teri rangini yaxshilaydi.

Ilovaning hajmi deyarli 68 MB, uni Google Play resursidan yuklab olsangiz bo‘ladi.

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.