Microsoft: Windows Phone 8 va Windows Phone 8.1 dasturlarida Skype to‘xtatiladi

Microsoft: Windows Phone 8 va Windows Phone 8.1 dasturlarida Skype to‘xtatiladi

Bundan 5 yil muqaddam Skype dasturi Microsoft tomonidan 8.5 milliard AQSh dollariga sotib olingan edi. Microsoft Windows Phone platformasidagi qurilmalarni sotishdan qo‘ra, o‘ziga tegishli Android patentlarni litsenziyalashdan ko‘proq daromad oladi.

O‘tgan oy Microsoft kompaniyasi shu yilning oktyabr oyidan boshlab Windows Phone 8 va Windows Phone 8.1, shu bilan birga, Android 4.0.3 versiyasidan eski bo‘lgan dasturlarda Skype xizmatini to‘xtatishi haqida xabar berdi.

2017 yilning ilk oylaridan boshlab 80% Windows Phone 8 va Windows Phone 8.1 foydalanuvchilari Skype bilan xayrlashadilar. Bu xabar Windows RT va Android 4.0.3 versiyasidan eski dasturda ishlaydigan qurilmalarga ham taalluqli.

Ayni vaqtda Microsoft Skype dasturini P2P texnologiyasidan bulut texnologiyasiga o‘tkazish bilan shug‘ullanmoqda. Bunday qilish faylni ulashish, qo‘ng‘iroqni amalga oshirish, himoya va video xabar kabi Skype dasturidagi funksiyalarni takomillashtirishga imkon yaratar ekan.

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.