Ming yillab zaryadlanmacdan ishlaydigan batareya ixtiro qilindi

Ming yillab zaryadlanmacdan ishlaydigan batareya ixtiro qilindi

Bristol universitetining mutaxassislari unchalik kuchli bo‘lmagan qurilmalarni quvvat bilan bir necha ming yil davomida ta’minlaydigan yadroviy batareya prototipini yaratishdi. Eng qizig‘i, bunday batareyalar o‘zidan radiatsiya va zararli moddalarni chiqarmaydi, deb yozmoqda hi-tech.mail.ru.

Yadroli akkumulyatorning ichki qismiga sun’iy brilliant o‘rnatilgan bo‘lib, u radioaktiv maydonga ega binoda o‘rtacha quvvatdagi elektr tokini ishlab chiqaradi. Olimlar buning uchun nikel va ugleroddan moddalaridan foydalanishgan. Uglerod-14 toifasidagi batareya esa 5730 yilgacha xizmat qilishi mumkin ekan. Batareyalarning tarkibi harakatlanadigan qismlardan xoli, ularni profilaktika qilishning hojati yo‘q.

Bunday batareyalarni odam tanasiga o‘rnatiladigan kardiostimulyatorga o‘xshash qurilmalarga, pilotsiz va kosmik kemalarga, umuman olganda, o‘rtacha quvvatdagi energiya zarur bo‘ladigan barcha apparatlarga o‘rnatish mumkin.

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!