Mirzo Ulugbek Innovation Center nomli markaz qachon ochilishi ma’lum bo‘ldi

Mirzo Ulugbek Innovation Center nomli markaz qachon ochilishi ma’lum bo‘ldi

O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 30 iyun kuni «Respublikada axborot texnologiyalari sohasini rivojlantirish uchun shart-sharoitlarni tubdan yaxshilash chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi farmonni imzolagan edi.

Ushbu farmon asosida tashkil etilayotgan Mirzo Ulugbek Innovation Center – axborot texnologiyalarini ishlab chiqish, rivojlantirish va  qo‘llab-quvvatlash   innovatsiyalar markazi ushbu haftada ishga tushadi.

Mirzo ulug‘bek nomidagi innovatsiyalar markazining asosiy vazifasi – axborot texnologiyalari sohasida faoliyat yuritayotgan xo‘jalik sub’yektlarni hamda dastur ishlab iqaruvchilarni birlashtirishdir. Yangi markaz Respublika ichida eksterritorial prinsipda tashkil qilingan, ya’ni O‘zbekistonning istalgan hududida joylashgan IT-korxonalar innovatsiyalar markazi rezidentiga aylanishi mumkin.

“Markazning rasmiy ishga tushish kuni etib 25 avgust belgilangan. Uning dastlabki ishlash muddati 10 yilga mo‘ljallangan. Keyinchalik uzaytirish  imkoniyati bor. Markaz rezidentlariga katta imtiyozlar berilgan. Xususan, ular 2028 yilning 1 yanvariga qadar har qanday soliq va majburiy to‘lovlardan ozod qilingan”, — dedi Uzinfocom vakili.

Innovatsiyalar markazi ishchilari maoshlari 2028 yilning 1 yanvariga qadar 7,5 foiz soliq solinadi, hamda byudjetdan tashqari pensiya fondiga 4,5 foiz soliq to‘lashadi.

Mirzo ulug‘bek nomidagi innovatsiyalar markazini qo‘llab-quvvatlash uchun, bugungi kunda, davlat organlari, ilmiy va ma’rifiy muassalalar faoliyatini muvofiqlashtiradigan maxsus kengash ham tashkil qilingan.

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.