MIUI 9’gacha rasman yangilanadigan Xiaomi smartfonlari ro‘yxati

  •   DiMaX
  •  4308
  •  03.11.2017 09:35

MIUI 9’gacha rasman yangilanadigan Xiaomi smartfonlari ro‘yxati

Xiaomi kompaniyasi joriy yilning iyul oyida Android Nougat operatsion tizimiga asoslangan o‘z qobig‘i – MUI 9 versiyasini ishlab chiqqan edi. 2 noyabrdagi marosimda esa mazkur talqin umumjahon miqyosida ko‘plab smartfonlar uchun taqdim etilganini ma’lum qildi.

Xullas, endi barqaror MUI 9 talqinigacha yangilana oladigan Xiaomi smartfonlari quyidagilardir:

  • Xiaomi Mi MIX 2, MI MIX
  • Xiaomi Mi 6, MI 5, Mi 5S Plus, Mi 5S, Mi 5, Mi 4i, Mi 4i, Mi 3, Mi 2
  • Xiaomi Mi Note 3, Mi Note 2, Mi Note
  • Xiaomi Mi Max 2, Mi Max Prime, Mi Max,
  • Xiaomi Redmi Note 5A, Redmi Note 4X, Redmi Note 4, Redmi Note 3, Redmi Note 2, Redmi Note 4G Prime, Redmi Note 4G
  • Xiaomi Redmi 4, Redmi 4X, Redmi 4, Redmi 4A, Redmi 3S Prime, Redmi 3S, Redmi 3, Redmi 2 Prime, Redmi 2
  • Xiaomi Redmi Y1, Redmi Y1 Lite

Ta’kidlash kerakki, yuqorida sanab o‘tilgan qurilmalar orasidan eng birinchi bo‘lib Mi MIX 2, Redmi Note 4 hamda Mi Max 2 modellari MUI 9 talqinigacha yangilanadi. Ro‘yxatdagi qolgan smartfonlar uchun esa noyabrning oxiriga qadar mazkur qobiqqacha yangilanish imkoni taqdim etiladi.

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.