Mobil internet tezligi reytingida O‘zbekiston 114-o‘ringa tushdi

  •   DiMaX
  •  1842
  •  09.11.2017 13:29

Mobil internet tezligi reytingida O‘zbekiston 114-o‘ringa tushdi

O‘zbekiston mobil va doimiy internet tezligi bo‘yicha joriy yilning oktyabr oyi yakuniga ko‘ra e’lon qilingan reytingda pastlagan. Bu to‘g‘rida Kun nashri xabar bermoqda.

Speedtest Global Index hisobotida yozilishicha, mamlakatdagi mobil internet tezligi bo‘yicha 122 ta davlat qayd etilgan ro‘yxatda O‘zbekiston 114-o‘rinni egallagan. Markaziy Osiyo davlatlaridan Qirg‘iziston 90-o‘rin, Qozog‘iston esa 66-o‘rinda qayd etilgan, deyiladi xabarda.

Ta’kidlash joizki, joriy yilning iyul oyida e’lon qilingan hisobotga ko‘ra, O‘zbekiston qisqa davr ichida 11 pog‘ona yo‘qotgan. Shuningdek, ro‘yxatning 120-pog‘onasida Tojikiston qayd etilgan.

O‘QING: O‘zbekiston internet tezligi eng sekin mamlakatlardan biri sifatida qayd etildi

Doimiy internet tezligi bo‘yicha O‘zbekiston yana 2 pog‘ona pastlagan. Ro‘yxatda 128-o‘rinni egallab turgan O‘zbekistondan yuqorida Turkmaniston, Pokiston, Suriya, Qirg‘iziston, Armaniston davlatlari joylashgan. Peshqadam sifatida Singapur (148,62 Mbit/s va 165,80 Mbit/s), undan so‘ng Hongkong va Islandiya o‘z natijasini yaxshilab borayotganini ko‘rish mumkin.

O‘QING: Internet tezligi millatga qanchaga tushadi?