Navbatdagi Mortal Kombat jangovar janrda bo'lmaydi: o'yin RPG'ga ko'chmoqda

Navbatdagi Mortal Kombat jangovar janrda bo'lmaydi: o'yin RPG'ga ko'chmoqda

Warner Bros. Games yaqinda o'zining 30 yilligini nishonlagan Mortal Kombat o'yining navbatdagi qismi, Mortal Kombat: Onslaught chiqarilishini e'lon qildi. Albatta, o'yin afsonaviy Mortal Kombat qahramonlarining keng ro'yxatini o'z ichiga oladi, ammo bu safar u an'anaviy jangovar kurash emas, balki o'yinchilarga qahramonlardan o'z jamoalarini tuzish va real vaqtda dushman jamoasiga qarshi kurashish imkonini beradigan RPG janrida bo'ladi. 

Ma'lum bo'lishicha, yangi o'yin Mortal Kombat 10 va 11 o'yinlari orqasida turgan NetherRealm Studios tomonidan ishlab chiqilmoqda va u faqat mobil qurilmalar uchun 2023-yilda chiqariladi. Shuningdek, o'yin kinomatagrafik hikoyaga ham ega bo'lishi va unda o'yinchilar dunyo bo'ylab vayronagarchiliklar keltirib chiqaradigan xavfli va yovuz kuchlarni to'xtatish uchun jang qilishlari ta'kidlanmoqda.

Hozirda o'yin haqida boshqa ma'lumotlar oshkor qilinmagan, ammo uning yangi rasmiy veb-sayti ochilgan bo'lib, u yerda faqat yangiliklar uchun ro'yxatdan o'tish mumkin.

O'QING: Riot Games kompaniyasi World of Tanks o‘yini studiyasini sotib oldi

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!