Moto E5 Plus smartfonining ilk surati chiqdi

  •   DiMaX
  •  1276
  •  27.02.2018 14:22

Moto E5 Plus smartfonining ilk surati chiqdi

Taniqli insayder Evan Blass yangi Moto E5 Plus smartfonining rasmini e’lon qildi. Lenovo kompaniyasining Motorola brendiga mansub bo‘lgan ushbu o‘rta narxli gadjet dizayni ko‘ra Moto X4 modeliga o‘xshab ketadi.

O‘QING: Qo‘sh kamera, o‘rta narxli Moto X4 taqdim qilindi

Moto E5 Plus ekranining tomonlari o‘zaro 18:9 nisbatda, romlari juda ensiz. Ekranning ustida old kamera, datchiklar va fotochaqnoq ko‘zga tashlanadi.

Smartfon o‘ng qirrasida qurilmani o‘chirib-yoqish hamda ovozni sozlash tugmachalari o‘rin olgan. Yuqorisida 3.5 millimetrlik audiotirqish hamda mikrofon tirqishi ko‘zga tashlanadi. Korpusning pastida esa quvvatlash va ma’lumot almashish uchun USB-port hamda suhbatlashuv mikrofoni bor.

Moto E5 Plus korpusining orqa qopqog‘ida qo‘sh ob’yektivli kamera joylashgan. Ular fotochaqnoq bilan birga doirasimon shakl ichiga olingan. Bu shakl ostida esa kichikroq doiracha shaklida brend logotipi tushirilgan, barmoq izi skaneri aynan shu yerda.

Ushbu smartfonning qachon taqdim etilishi hamda narxi haqida hozircha aniq ma’lumot yo‘q.

O‘QING: Moto Z2 Force flagmani iPhone 8’dan ham qimmatga tushyapti