“MP3” format o‘z umrini yashab bo‘ldi

“MP3” format o‘z umrini yashab bo‘ldi

90-yillar hamda 2000-yillarning boshlarida ulg‘aygan avlod uchun MP3 formatidagi qo‘shiqlarni yuklab olib, musiqiy kolleksiyani to‘ldirish urf bo‘lgan.

MP3 (aniqrog‘i: “MPEG-1/2/2.5 Layer 3” (MPEG-3 emas) audio ma’lumotni saqlash formati 1992 yilda Germaniyaning Fraungofer instituti tomonidan kashf qilingan.

MP3 qisqa fursat ichida ommalashib, musiqiy fayllar uchun jahondagi 1-raqamli audio formatga aylandi.

MP3 formatida audio ma’lumotdagi quloqqa chalinmas, ammo fayl hajmini kattalashishiga sabab bo‘layotgan keraksiz orqa fonlar olib tashlanadi hamda audio ma’lumot sifatini sezilmas darajada qisqartirish evaziga ovoz siqiladi. Ya’ni, bunda yirik hajmli audio format imkon qadar sifatli, ammo kichik hajmli faylga aylanar edi.

Jahonning deyarli barcha raqamli qurilmalari, jumladan kompyuterlar, Android yoki iPhon qurilmalari, Smart TV va vositalar MP3 fayllarni o‘qishga mo‘ljallangan.

Fraungofer instituti ma’lumotlariga ko‘ra, 2017 yilning 23 aprelida bu formatga oid barcha patent va litsenziyalar bekor qilingan. Shu taxlit, mp3 o‘z o‘rnini “aac” yoki “ogg” kabi zamonaviy va ilg‘or formatlarga bo‘shatib bermoqda.

Biz esa, ko‘plab musiqalarni huzur bilan tinglashimizga yordam bergan qadrli MP3 audio formatiga yorqin xotiralar uchun rahmat aytib, u bilan xayrlashib qolamiz.