Muhim xabar: mobil operatorlar va internet-provayderlar so‘mli tarifikatsiyaga o‘tadi

  •   DiMaX
  •  4426
  •  25.04.2017 12:21

Muhim xabar: mobil operatorlar va internet-provayderlar so‘mli tarifikatsiyaga o‘tadi

2017 yil so‘ngiga qadar mobil operatorlar va internet-provayderlarning so‘mli tarifikatsiyaga o‘tishi bo‘yicha qaror ishlab chiqiladi. Qarorning amalga oshirilishi 2018 yilda boshlanadi, deb yozadi Kommersant nashri.

Joriy yilning oxirigacha O‘zbekistonda uyali aloqa operatorlarini hamda internet-provayderlarni o‘z xizmatlarini milliy valyutada narxlashga o‘tkazish bo‘yicha qaror ishlab chiqiladi. Bu haqda Usenet 2017 konferensiyasi doirasidagi davra stolida O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri o‘rinbosari Umidjon A’lamov ma’lum qildi, deyiladi xabarda.

Vazirlik vakilining ta’kidlashicha, bu borada iste’molchilardan, jumladan, korporativ mijozlardan ko‘plab shikoyatlar kelib tushgan. Ular asosan xizmatlarning AQSh dollarida narxlanishi bilan bog‘liq noqulayliklardan norozilik bildirishgan.

«O‘tish jarayoni o‘zi katta mablag‘larni talab qiladi, bu arzonga tushadigan tadbir emas, – deya ta’kidlagan A’lamov. – Biroq, Harakatlar strategiyasiga ko‘ra, milliy valyutada narxlashga hamma o‘tadi: mobil operatorlar ham, internet-provayderlar ham. Qaror shu yilning oxirigacha ishlab chiqiladi va keyingi yil amalga oshira boshlanadi».

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!