MWC 2018: Huawei ilg‘or planshetofonlarni taqdim qildi

MWC 2018: Huawei ilg‘or planshetofonlarni taqdim qildi

Huawei kompaniyasi bugun jamoatchilikni 10.8″ va 8.4 dyuymli MediaPad M5 plansheti bilan tanishtirdi. MWC 2018 anjumani doirasida bo‘lib o‘tgan taqdimotda ekrani WQXGA (2560 x 1600 pikselli) sig‘imli, 2.5D qayrilma displeyi bilan qoplangan, 8 yadroli Kirin 960 chipiga ega planshetlar taqdim qilindi.

Har ikkala devays Android 8.0 (Oreo) tizimining o‘zlashtirilgan EMUI 8.0 proshivkasija ishlaydi. Ulardagi bosh kamera uchun 13 megapiksel aniqligidagi kamera tanlangan. Bu kamerada fazali avtofokus funksiyasi mavjud.

Metall korpusli planshetlarning old panelidagi bosh tugmada barmoq izi skaneri bor. 10.8 dyuymli talqin 4 ta, 8.4 dyuymlisi esa 2 ta karnayga ega bo‘lgan.

5100 va 7500 mA soat tok sig‘imiga ega akkumulyatorlar tezkor quvvat olish texnologiyasiga ega. Yuqori talqindagi planshetni klaviaturaga ulasa ham bo‘ladi.

Huawei MediaPad M5 (10 dyuymli) jihatlari:
Displey: 10.8 dyuymli, 2560 x 1600 pikselli (WQXGA), 2.5D qayrilma shisha;
Protsessor: 8 yadroli Huawei Kirin 960 (4 x 2.4 Ggs A73+ 4 x 1.8 Ggs A53) + i6 yordamchi chipi, Mali G71 video kartasi;
Xotira: 4 gigabaytli tezkor va 32 / 64 /128 Gb doimiy xotira, qo‘shimcha xotira uchun bo‘lmacha mavjud (128 Gb);
Operatsion tizim: Android 8.0 (Oreo) EMUI 8.0;
Kamera: 13 Mp bosh, avtofokus va fazali avtofokus. 8 megapikselli old kamera;
Sensor: Barmoq izi skaneri va boshqalar;
O‘lchamlari: 258.7 x 171.8x 7.3 mm; vazni: 498 gramm;
Aloqa imkoniyatlari: 4G LTE, Wi-Fi 802.11 ac (2.4/5GHz), Bluetooth 4.2 LE, GPS, USB Type-C.

Huawei MediaPad M5 (8) jihatlari:

Displey: 8.4 dyuymli, (2560 x 1600 pikselli (WQXGA), 2.5D qayrilma shisha, old panel 82% ekrandan iborat;
Protsessor: 8 yadroli Huawei Kirin 960 (4 x 2.4 Ggs A73+ 4 x 1.8 Ggs A53) + i6 yordamchi chipi, Mali G71 video kartasi;
Xotira: 4 gigabaytli tezkor va 32 / 64 /128 Gb doimiy xotira, qo‘shimcha xotira uchun bo‘lmacha mavjud (128 Gb);
Operatsion tizim: Android 8.0 (Oreo) EMUI 8.0;
Kamera: 13 Mp bosh, avtofokus va fazali avtofokus. 8 megapikselli old kamera;
Sensor: Barmoq izi skaneri va boshqa sensorlar;
O‘lchamlari: 124.8 x 212.6x 7.3 mm; vazni: 316 gramm;
Aloqa imkoniyatlari: 4G LTE, Wi-Fi 802.11 ac (2.4/5GHz), Bluetooth 4.2 LE, GPS, USB Type-C.

Huawei MediaPad M5'ning 8 dyuymlisi 430 AQSh dollaridan, 10 dyuymlisi 550 AQSh dollaridan boshlab sotuvga chiqariladi.