Narxlari ma’lum Galaxy J6’ni ilk «jonli» suratlarda ko‘ramiz!

  •   DiMaX
  •  4328
  •  15.05.2018 18:18

Narxlari ma’lum Galaxy J6’ni ilk «jonli» suratlarda ko‘ramiz!

Kuni kecha Samsung kompaniyasining hamyonbop Galaxy J6 smartfonining batafsil xususiyatlari ma’lum bo‘lgan edi. Bugun esa insayderlar mazkur gadjetning birinchi «jonli» rasmlarini ham internetga chiqarib yuborishdi.

O‘QING: Hamyonbop Galaxy J6 va J4 smartfonlarining xususiyatlari ma’lum bo‘ldi

Samsung Galaxy J6 modelida daktiloskopik datchik, xuddi bu yilgi Galaxy S9 flagmanlaridagi kabi, asosiy kameraning ostiga joylashtirilgan.

Suratlarda ko‘rib turganingizdek, ushbu smartfon plastik korpusga ega. Nima ham derdik – axir, Galaxy J turkumiga hamyonbop modellar kiradi va ularning tannarxi ham shunga yarasha bo‘lishi kerak-da.

O‘QING: Samsung, Apple, Xiaomi va Huawei har bir smartfondan qancha sof daromad ko‘radi?

Shuningdek, Galaxy J6 devaysining Hindistondagi narxi ham ma’lum bo‘lgan. Xabarga ko‘ra, modifikatsiyasiga bog‘liq holda mazkur smartfonni 200 yoki 245 AQSh dollariga xarid qilish mumkin bo‘ladi.

Garchi arzon turkumga mansub bo‘lsa-da, Galaxy J6 smartfoniga diagonali 5,6 dyuymga teng bo‘lgan, Infinity Display turli ekran o‘rnatiladi. Exynos 7870 protsessoriga tayanuvchi bu qurilma 3 yoki 4 gigabaytlik tezkor xotiraga hamda 13 megapikselli kameraga ega bo‘lishi aytilmoqda.

Afsuski, Galaxy J6+ versiyasining chiqarilishi hozircha so‘roq ostida turibdi. Janubiy koreyalik texnogigantning ko‘plab hamyonbop modellari O‘zbekistonda ham rasmiy kafolati bilan sotilmoqda.

O‘QING: Eng arzon Samsung, Apple va Xiaomi smartfonlari narxlari – Olcha.uz’da BEPUL yetkazib berish xizmati bilan! (2018 yil 11 may)

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!