Navbatdagi Samsung taqdimoti sanasi ma’lum bo‘ldi

Navbatdagi Samsung taqdimoti sanasi ma’lum bo‘ldi

Samsung yaqinda bir nechta o‘rta darajadagi qurilmalarini, xususan, Galaxy A13, Galaxy A23, Galaxy F23, Galaxy M23 va Galaxy M33 smartfonlarini ortiqcha dabdabalarsiz taqdim etdi. Biroq, bu hali hammasi emas. Xabar qilinishicha, Janubiy Koreya kompaniyasi kelasi hafta bir necha oydan beri mish-mish bo‘lib kelayotgan Galaxy A33, A53 va A73 modellarini taqdim qilish uchun tadbir o‘tkazadi.

Taniqli likster Evan Blass (@evleaks) o‘z Twitter sahifasida Samsung'ning yangi Galaxy A smartfonlari taqdimoti uchun tizer surat bo‘lishi mumkin bo‘lgan posterni ulashdi. Rasm turli xil ko‘rinishdagi A harflarini o‘z ichiga olgan va undan "Awesome Galaxy A Event" nomi ostidagi tadbir 17-mart kuni onlayn o‘tkazilishi haqida bilib olish mumkin.

O‘QING: Samsung ham shu oyda yana yangi smartfonlar taqdim qiladi