NFC Ring: yangi texnologiyadagi smart uzuk
Bundan 3 yil muqaddam Kickstarter kompaniyasi smartfon va bank kartasidan foydalanmay to‘lovlarni amalga oshirishga mo‘ljallangan NFC Ring nomli uzukni namoyish etgandi. Ushbu startap bugunga kelib amalga oshdi va istagan kishi unga buyurtma berishi mumkin bo‘ldi.
Yuqorida aytib o‘tganimizdek, uzuk, birinchi navbatda, simsiz to‘lov usullari orqali xaridlarni amalga oshirishga xizmat qiladi. Smart uzuk EMVCo standartlariga javob berib, ma’lum banklarda VISA kartalarini qo‘llab-quvvatlaydi.
Shuningdek, uzukdan xariddan tashqari boshqa maqsadlarda ham foydalanish mumkin. Masalan, uni smartfon/planshetning orqa tomoniga qo‘yib, qurilmani blokdan chiqarish yoki NFC chipiga ega eshiklarni ochish va yopish uchun ishlatish mumkin. Bundan tashqari, uzuk orqali Wi-Fi tarmoq parametrlari, sayt havolalari, rasm va kontakt ma’lumotlari kabi axborotlarni boshqa qurilmalar bilan almashish imkoniyati mavjud.
Eng qizig‘i, uzuk suvga chidamli (uni 50 metrgacha bo‘lgan chuqurlikka tushirsa bo‘ladi) bo‘lib, zaryadlashni talab etmaydi.
Uzukka kompaniyaning rasmiy saytida buyurtma berish mumkin. Uning narxi modifikatsiya va dizaynga qarab 15 dan 35 AQSh dollarigacha etib belgilangan.