Nihoyat, hamyonbop "mobil kinoteatr" endi “Malika”da!

Nihoyat, hamyonbop

Kirish

Smartfon ishlab chiqaruvchilarining yirik ekranli smartfonlari xalq tilida «planshetofon» deyiladi. Katta ekranli fablet ishlab chiqarishda Xiaomi ham ortda qolayotgani yo‘q. Jumladan, uning Xiaomi Mi Max turkumi katta ekranli hamyonbop telefon modellari orasida taniqlidir.

Ma’lum bo‘lishicha, 2016 yilda taqdim qilingan, o‘ta yupqa (1,5 mm.li) yon romlariga ega Mi Max 2017 yilga qadar 3 million dona sotilgan. Bundan ilhom olgan Xiaomi kompaniyasi shu yilning 25 mayida ulkan displeyli Mi Max 2'ni taqdim qilgan edi. Romlar bu gal yanada yupqalashdi.

Planshetlar tobora urfdan chiqib borayotgan bu davrda, nisbatan ulkan ekranli fabletlar yaxshi ommalashmoqda. 6,4 dyuymli Mi Max 2 esa shunchaki smartfon emas. Boshqa gigant-modellar bilan taqqoslab ko‘rganda, Mi Max 2 sifati hamda imkoniyatlari, shuningdek narxi bilan peshqadam bo‘lib turibdi.

2013 yillardanoq Samsung o‘zining "Galaxy Mega" va Sony kompaniyasi "Z Ultra" nomli, 6,4 dyuymli ekranli flagmanlari bilan nom qozongan. Garchi, xitoyliklar yirik ekranli smartfon o‘aydosi bo‘lishsa ham, kamdan-kam ishlab chiqaruvchi bunday ulkan ekranli modelni ishlab chiqargan.

Mi Max'ning ilk avlodi arzon narxli planshetofon bo‘lib, Redmi Note 3 Pro'ga o‘xshar, nisbatan yaxshiroq protsessor bilan ta’minlangan va plastik korpusga, chidasa bo‘ladigan kameraga ega edi.

Yangi avlod Mi Max gadjeti esa tubdan o‘zgardi — "gigant Xiaomi" noldan boshlab qayta qurilgan. Yangi korpus, yangicha ekran, yangi ilg‘or sensorli bosh kamera va stereodinamiklar barchani xursand qiladi. Eng muhimi, narx-navo masalasida xitoylik smartfonsoz kamtarinligini saqlab qola olgan. Quyida unga yaqindan nazar tashlaymiz.

 

Xiaomi Mi Max 2'ning texnik jihatlari:

Operatsion tizim: Android 7.1 Nougat;

Ekran: 6,44”, 1920x1080, IPS, 342 ppi;

Protsessor: Snapdragon 625 MSM8953, 8 yadro (8x Cortex-A53 2,0 GGs);

Grafika uchun mas’ul chip: Adreno 506;

Tezkor xotira: 4 GB;

Doimiy xotira: 64 GB, microSD;

Aloqa: 4G (LTE Cat.4), 3G, Wi-Fi (IEEE 802.11 b/g/n/ac), Bluetooth 4.2, GPS, GLONASS, IrDA;

Kamera: bosh kamera uchun -- 12 Mp, avtofokus, 3840x2160 sig‘imli video, old kamera -- 5 Mp;

Akkumulyator: 5300 mA soat, ajralmas;

O‘lchamlari: 174,1x88,7x7,6 mm;

Vazni: 211 gramm;

O‘zbekistondagi narxi: (4/64 gb) gold – 2 199 500 so‘m.

 

Dizayn va boshqaruv

Mi Max 2 shimning cho‘ntagi uchun kattalik qiladi. Ayniqsa, jins shimda uning bosh kamerasi shundoqqina sezilib turadi. Taqdimotda ekranning yon tomonlaridagi qora hoshiya 0,7 mm ekani alohida qayd etilgan.

Gadjetning simmetrik dizayni yaqqol ko‘zga tashlanadi. Orqa paneldagi antena uloqlari surilib, tomga yaqin joydan o‘tkazilgan. 2 tusli svetodiodli fotochaqnoq ham endi kameraning chap tomoniga o‘tgan. Smartfon tomida 3,5 millimetrli audio-tuynuk mavjud.

Mi Max 2 korpusi g‘oyatda yupqa va aksariyat 6,3-6,4 dyuymli smartfonlarga qaraganda ixcham gadjet.

Shuningdek, smartfonning metalldan ishlangan jilosiz korpusi uning kaftda mustahkam o‘rnashishi uchun ayni muddao. Korpus metalli yuqori sifatli, unga surilgan lak va yuza qatlam nihoyatda bejirim, bu esa korpusni barmoq izlaridan himoya qiladi.

210 gramm vazn smartfonlar orasida g‘irt "semizlik" degani. iPhone 5s'dan deyarli 2 barobar vazndor. Bunda korpusga o‘rnatilgan ulkan akkumulyatorning, stereodinamiklar, IQ-portning ham hissasi mavjud.

2 ta sim-kartali gadjet gibrid bo‘lmachaga ega. Ularga 2 ta SIM-karta yoki SIM + microSD fleshka qo‘yish mumkin.

 

Ekran va ovoz

Xiaomi Mi Max 2 devaysi 6.44 dyuymli Full HD (1920 x 1080 pikselli) ekranga ega. Xiaomi Mi Max 2 ekranidagi avtomatik tizim tashqi muhitdan kelib chiqib displeydagi rang-tusni mustaqil sozlaydi. Mi Max 2 ekrani  shu jihati bilan Xiaomi Redmi Note 4 ekranidagi matritsadan afzal va uning rang uzatish imkoni ham ancha yuqori.

Bu ekran Sony Xperia Z Ultra va Lenovo Phab Plus ekranidan ustun. Shu bilan birga, Lenovo Phab 2 Pro va ASUS ZenFone 3 Ultra nisbatan yaxshiroq ekranga ega bo‘lsa ham, Xiaomi narx va dasturiyt a’minot tizimidagi afzalliklari bilan ulardan ustun keladi.

Melomanlar uchun eng katta yangilik — gadjetdagi stereo, ya’ni 2 ta audio karnaylardir! Ovozning taralishi toza va jarangdor. Bas ovoz eng yuqori pardada ham xirillab qolmaydi. Yuqori chastotada ham, o‘rta chastotada ham tovush uzatish tizimi ko‘ngildagidek.

Ovoz va tovush borasida Xiaomi Mi Max 2 smartfoni "musiqiy devays" bo‘lgan ZTE Axon 7 mini va Alcatel Idol 4S'ni ham ortda qoldiradi. Xiaomi yirik ekranli bu "aqlli telefoni"ga sifatli karnaylarni o‘rnatish orqali chinakam mo‘’jazgina «mobil kinoteatr»ni yarata olgan.

 

Protsessor va operatsion tizim

Ayni paytda smartfon bozorida 6,4+ dyuymli displey va nisbatan kuchli protsessorga ega 2 ta flagman smartfon mavjud — Snapdragon 821 chipidagi Xiaomi Mi Mix va Kirin 955 chipida ishlaydigan  Honor 8 Note. Birinchisi — romsiz ekranli, ikkinchisi — noyob smartfon.

Xiaomi Mi Max 2 esa hamyonbop gadjetlar orasida ilg‘or chipga egaligi bilan o‘ziga xos. Boisi, Snapdragon 625 — energo-tejamkor va 2.0 Ggs chastota tezligida ishlaydigan 8 yadroli chipset.

Bu protsessor internetdan foydalanish va messenjerlarda suhbat qurish uchun muammosiz xizmat qiladi. Biroq, "og‘ir" o‘yinlarda bir oz qizishi mumkin. 

Biroq, gadjetda 4 gigabaytli tezkor va 64 gigabaytli doimiy xotiraning borligi unga ilovalarni tezkor ochish imkonini beradi. Snapdragon 625'ning ishlash samaradorligi bugungi foydalanuvchi uchun ma’qul bo‘ladi.

Shu yilning avgustida Mi Max 2 smartfoni Android 7.1.1 Nougat’ning yangi MIUI 9 proshivkasiga ega bo‘ldi. Ma’lumot oqimini rejalashtirish va protsessordagi yuklab olishlarni "aqlli taqsimlash" mexanizmining optimallashuvi natijasida bu tizim smartfonga yanada tezkor ishlash imkonini beradi. Shuningdek, Smart Assistant virtual "aqlli yordamchisi" smartfondagi zarur fayllarni, qaydlarni, surat va matnni izlashga yordam beradi. Uni Google Assistant'ning muqobili deyish mumkin.

Shuningdek, MIUI 9'da bir vaqtning o‘zida 2 ta ilovadan foydalanish mumkin. Deylik, siz biror messenjerdan muayyan manzilni olasiz. Shu vaqtda sizga "Xarita" ilovasini ochish imkoni beriladi.

MIUI 9'dagi yana bir kutilgan funksiya – "ko‘p oynali" rejim bo‘ldi.  Uning yordamida ekranni 2 ga bo‘lib, bir vaqtning o‘zida 2 tadan ziyod ilovadan foydalanish mumkin.

 

Kamera imkoniyatlari

Mi Max 2 smartfonidagi yana bir o‘ziga xosligi — fabletdagi kamera. Gap shundaki, smartfonga Sony IMX386, ya’ni Xiaomi Mi 6 flagmani ega bo‘lgan 12 megapikselli bosh kamera o‘rnatilgan. Avvalgi fotokameralar bilan solishtirganda, ushbu fotosensorning sezgirligi 56% ga oshgan. Bosh kamera fazali avtofokus, yorug‘lik past sharoitda olingan suratlarni qayta ishlash funksiyalari bilan ham o‘ziga xos.

Bosh kamerada 4K sig‘imli video tasvirga olish mumkin.

IMX386, bu — Meizu MX6 yoki Honor 6X kabi peshqadam smartfonlarda o‘rnatilgan sensor.

Shu bilan birga, hamyonbop gadjet bo‘lgani bois, bu sensor uchun tanlangan linzalar ham bir oz arzonroq. Shu bois, yorug‘lik yetarli sharoitda Mi Max 2 taassurotli suratlar olsa, ob’yektni tezkor fokuslasa, yorug‘lik past joyda u bir oz oqsaydi. Ya’ni, bu sharoitda suratlarda bir oz ravshanlik yetmaydi.

Selfi kamera uchun 5 Mp sensor o‘rnatilgan. Selfilar ham egasini xafa qilmaydi.

Kamera borasida uni Samsung Galaxy A5 (2016) imkoniyatlariga tenglashtirish mumkin. Biroq, bu gadjet “Malika”da 2,722,000 so‘mdan sotilmoqda.

Mi Max 2 olgan suratlarga baho bering. 

 

Akkumulyator imkoniyatlari

Yangi Mi Max 2 devaysi Huawei P10 Plus va iPhone 7 Plus’ning “quvvat toshi”dan 2 barobar katta, ya’ni 5300 mA soat elektr tokini sig‘diradigan akkumulyatorga ega. To‘liq quvvat bilan fablet 2 kun davomida faol ishlay olishi bilan o‘ziga xos.

Ishlab chiqaruvchiga ko‘ra, Quick Charge 3.0 texnologiyasiga ega smartfon 1 soatda quvvatini 68 foizga to‘ldiradi. Uni to‘liq quvvatlab 18 soat video tomosha qilish yoki 57 soat aloqada bo‘lish mumkin.

 

Xulosa

Xiaomi Mi Max 2 smartfoni 1 iyundan $247 (64 GB) hamda $290 (128 Gb) dollar bahosida Xitoyda sotuvga chiqarilgan edi.

Xiaomi Mi Max 2 "juda ulkan smartfonlar" turkumiga xos va uning bu segmentda deyarli munosib raqibi yo‘q. Asus ZenFone 3 Ultra yoki eskiroq Sony Xperia Z Ultra'ni aytish mumkin. Biroq, birinchisi juda qimmat, ikkinchisi esa sotuvda yo‘q. Lenovo Phab 2 Plus esa protsessor borasida yutqazadi.

Raqibi yo‘q smartfonni tanqid qilish esa qiyin. Yangitdan ishlab chiqarilganiga qaraganda Xiaomi kompaniyasi "Mi Max" modelini juda qadrlaydi. Shu sababdan, Mi Max 2 so‘nggi trendga asoslangan klassik ixcham korpus, sifatli stereodinamik, super-sig‘imdor akkumulyator va zamonaviy operatsion tizimga ega bo‘lgan.

Eng muhimi bir narsani unutmang — hamyoningiz ko‘targan narxda yaxshi dinamika, dizayn, batareya sig‘imi, korpus, ekran va kunduz kuni yaxshi surat oluvchi kameraga, yaxshi chipga ega, ulkan ekranli smartfonni xarid qilmoqchi bo‘lsangiz, tasvir va ovoz muxlisi bo‘lsangiz, Mi Max 2 siz uchun ayn ikerakli devays!

Xulosa

Qaerdan sotib olish mumkin?

asaxiy.uz 2.4 млн сўм Sotib olish
"Малика" савдо мажмуаси 2.2 млн сўм Sotib olish

 Afzalligi

 Kamchiligi

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.