Nihoyat, Telegram’ning iOS-ilovasi ham yangilandi!

  •   DiMaX
  •  1343
  •  02.11.2017 11:49

Nihoyat, Telegram’ning iOS-ilovasi ham yangilandi!

Yaqindagina Telegram messenjerining Android operatsion tizimi boshqaruvi ostidagi qurilmalarga mo‘ljallangan ilovasi 4.4.2 talqinigacha yangilanganligi haqida xabar bergan edik. Endi esa, uning iOS-qurilmalarga mo‘ljallangan ilovasi ham 5.0 (161) alpha talqinigacha yangilandi. Bu haqda Telegram News kanali ma’lum qilmoqda.

Aytish kerakki, mazkur yangilangan messenjer iOS 8.0 va undan keyingi peratsion tizim talqinlari boshqaruvi ostidagi qurilmalarda ishlaydi.

Yangilangan Telegram’ning quyidagi asosiy o‘zgarishlarini aytib o‘tsak arziydi:

  • Sozlamalar menyusining dizaynida yangicha yondashuv: endi menyuning har bir bandi belgichalari alohida ranglar bilan belgilangan.
  • Messenjerdagi «Bulut» yoki «O‘z-o‘zi bilan chat» endilikda «Saqlangan xabarlar» deb ataladi.
  • Endi Camera Roll orqali video saqlash imkoni mavjud.
  • Boshqa yangilanish va tuzatishlar.

Eslatma: Bularning bari hozircha alpha-yangilanish hisoblanadi. Ayni damda sinov jarayonlari ketmoqda va tez orada Telegram’ning barqaror talqini ham yangilanadi.

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!