Nihoyatda arzon Nokia 1 taqdim qilindi

Nihoyatda arzon Nokia 1 taqdim qilindi

MWC 2018 anjumani qizg‘in davom etmoqda. Kuni kecha Nokia 1 smartfonining rasmiy taqdimot marosimi bo‘lib o‘tdi. Mazkur devays 89 AQSh dollari bahosida sotuvga chiqariladi.

Nokia 1 mobil telefoni hamyonbop narx evaziga yaxshi smartfonga ega bo‘lishni istaganlar uchun.

Smartfon qadoqdayoq Android 8.1 Oreo tizimida faoliyat ko‘rsatadi. Biroq, bu "Go Edition" talqini bo‘lib, ilova hamda funksiyalarning nisbatan "yengil" talqini ishlab chiqarilgan.

HMD Global kompaniyasining ma’lum qilishicha, telefon arzon bo‘lsa ham, u 2 yil davomida muntazam ravishda yangi operatsion tizimga ega bo‘lib boradi hamda 3 yil davomida uning uchun xavfsizlik tizimi ishlab chiqariladi.

Nokia 1 smartfoni kompaniyaning eng arzon va texnik jihatdan kamtar mobil gadjeti bo‘ldi. Telefon 4,5 dyuymli, IPS matritsali hamda 854 ga 490 pikselli (16:9) ekranga ega bo‘lgan.

Uning tezkor va bir tekis ishlashi uchun 4 yadroli MediaTek MT6737M protsessori mas’ul bo‘lib, bu chipning ishlash tezligi 1,1 GGs.ni tashkil qiladi. Smartfon uchun 1 gigabaytli tezkor hamda 8 gigabaytli doimiy xotira tanlangan. microSD orqali doimiy xotirani 128 gigabaytgacha kattalashtirish mumkin.


Nokia 1 modelining bosh kamerasi 5 megapikselli va old kamera uchun o‘rnatilgan modul aniqligi 2 megapikselli.

Gadjetning kuch-quvvat ta’minoti uchun tok sig‘imi 2150 mA soat bo‘lgan akkumulyator batareyasi o‘rnatilgan. Smartfonning plastikdan ishlangan orqa paneli oson ochiladi va akkumulyatorni almashtirish mumkin.

Nokia 1 plastmassa korpusga ega bo‘lgan, uning o‘lchamlari: 133.6 x 67.8 x 9.5 mm.

Nokia 1 savdosi Yevropada aprelning boshida start oladi.

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!