Nike bog‘ichi o‘zi bog‘lanuvchi «aqlli» krossovkasini 350 dollardan sotuvga chiqaryapti

  •   DiMaX
  •  486
  •  21.12.2018 15:16

Nike bog‘ichi o‘zi bog‘lanuvchi «aqlli» krossovkasini 350 dollardan sotuvga chiqaryapti

Nike kompaniyasining bog‘ichi avtomatik tarzda bog‘lanadigan birinchi avlod «aqlli» krossovkasi – Nike HyperAdapt modelini 2016 yili taqdim etgandi. O‘sha yilning so‘ngida ularni maxsus taklifnoma asosida, cheklangan miqdorda, bir juftini 720 dollardan sotgandi.

O‘QING:  Nike o‘zi bog‘lanadigan krossovkalarni noyabr oxirida sotuvga chiqaradi

Shuningdek, o‘sha 2016 yili «Kelajakka qaytib 2» filmidagi krossovkaga o‘xshatib ishlab chiqilgan Nike Mag 2015 modeli kimoshdi savdosiga qo‘yilgan edi. Undan tushgan mablag‘ esa Michael J. Fox Foundation for Parkinson's Research – Parkinson kasalligini o‘rganish bo‘yicha xayriya jamg‘armasi hisobiga o‘tkazilgan.

Nike Mag 2015

Kompaniya rahbari kuni kecha chorak yakunlari bo‘yicha sarmoyadorlar bilan muloqot chog‘ida Nike Adaptive basketbol krossovkalarini savdoga chiqarish rejasini bayon etdi. Unga ko‘ra, yangi avlod krossovkalari katta hajmda ishlab chiqariladi va uni oddiy do‘konlardan ham xarid qilish mumkin bo‘ladi.

Nike top-menejerining so‘zlariga ko‘ra, «tanballar krossovkasi» kelasi yiliyoq sotuvga chiqadi, narxi ham ancha arzon – taxminan 350 dollar atrofida bo‘ladi.

O‘QING: O‘zi bog‘lanuvchi krossovkalarni yaratish usuli namoyish qilindi