Nike o‘zi bog‘lanadigan krossovkalarni noyabr oxirida sotuvga chiqaradi

Nike o‘zi bog‘lanadigan krossovkalarni noyabr oxirida sotuvga chiqaradi

Xaydi Burgett, Nike kompaniyasning PR-direktori o‘zi bog‘lanadigan HyperAdapt 1.0 krossovkalarining sotuvga chiqish sanasini ma’lum qildi. Krossovkalar 28-noyabrdan boshlab AQShda sotuvga chiqariladi.

Bog‘ichlari o‘zi bog‘lanadigan mazkur model shu yilning bahorida kompaniya tomonidan namoyish etilgandi. Ta’kidlash kerak, kompaniya mazkur g‘oyani amalga oshirish uchun bir necha yil harakat qilgan.

nike-hyperadapt-1-0-official-release-date-1

Nike 2015 yilda “Kelajakka qaytib 2” filmida Marti Makflay rolini ijro etgan Maykl Djey Foksga (Michael J. Fox) Nike Mag rusumidagi krossovkalarni sovg‘a qilgan edi. 2011 yilda kompaniya chegaralangan miqdorda Nike Mag krossovkalarining replikalarini ham chiqargan edi, biroq ular fildagi originalga tashqi tarafdan o‘xshash bo‘lib, bog‘ichlari o‘zi bog‘lanmas edi. Auksionlar orqali 1510 juft Nike Magkrossovkalari sotilgan.

Nike Mag krossovkasidan farqli o‘laroq, HyperAdapt 1.0 yanada zamonaviy dizaynda yaratilgan, avtonom tarzda bog‘ichlarni nazorat qilish funksiyasiga ega va yalpi ishlab chiqarishga mo‘ljallangan. Foydalanuvchilar to‘piq qismidagi sensorga qattiqroq bosganda, bog‘ichlar tortiladi. Bog‘ichlar zichligini yon tarafdagi tugmalar yordamida boshqarish mumkin.

Bog‘ichlarni avtonom boshqarish tizimi 3 soatli zaryadlashdan so‘ng 2 hafta davomida ishlaydi. Batareyadagi quvvatning kamligi haqida poshnadagi svetodiodlar xabar beradi.

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!