Nima sababdan kompyuter sekin ishlashi mumkin

Nima sababdan kompyuter sekin ishlashi mumkin

Ko‘p hollarda IT sohasiga endi qadam qo‘yganlar, kompyuterda sozlash ishlarini amalga oshirishga vaqt topa olmaydiganlar yoki kompyuterni monitoring qilishni bilmaydiganlar va shunga o‘xshash kompyuter foydalanuvchilari, o‘z kompyuterlarini ishlashidan norozi bo‘lishadi va har xil savollar bera boshlashadi. Nimaga kompyuterim sekin ishlamoqda? Bir necha kun oldin kompyuterim juda tez ishlayotgan edi, keyin sekinlashib qoldi?
Bugun kompyuterni yoqsam juda sekin ishlamoqda, nimaga? kabi savollar ko‘payadi.

Maqolada, kompyuterni sekinlashishiga olib keluvchi sabablar keltirib o‘tiladi, agar bu sabablarni yaxshilab anglab, hosil bo‘lgan muammolarni yecha olsangiz, o‘zingiz kompyuter ishlashini tezlashtirishingiz mumkin bo‘ladi, aks holda, keyingi maqolani kutishingizni maslahat beraman.

Demak quyidagi sabablar, kompyuter ishlashini sekinlashtirishi mumkin bo‘ladi:

1. Protsessor, most, videokarta va shunga o‘xshash tizim bloki ichidagi elementlarning harorati ko‘tarilishi(temperatura).

2. Kompyuter reyestrida axlatlar(kerakmas fayllar)ning to‘planib qolishi.

3. Operativ xotiraning(OZU, RAM)yetishmasligi.

4. «Fayl podkachki«dagi xotiraning yetishmasligi.

5. «Avtozapusk«bo‘limida, ishga tushiriladigan dasturlarning ko‘pligi.

6. Operatsion tizim o‘rnatilgan disk hajmining kamayib ketishi(odatda C  disk).

7. Operatsion tizim ishini sekinlashtiruvchi virus mavjudligi.

8. Ko‘p marotaba fayllarni yozib o‘chirish natijasida(dasturlarni o‘rnatish, o‘chirish holatlari).

9. Protsessor chastotalarini maksimal ishlatish(qandaydir fonda ishlaydigan dasturlarni ishlashi).

10. Tizim bloki elementlarini chang yopib qolishi, ozodalikka e’tibor bermaslik.

11. Bir necha antiviruslardan foydalanish.

12. Kompyuter elementlarining bir qismi ishdan chiqishi natijasida(misol uchun, bitta operativ xotirani buzilishi).

13. Kompyuter fizik jihatdan eskirgan(kompterning ancha yillardan beri ishlashi(misol uchun, 6 yil)).

14. Internet orqali biror dasturni yangilanib turishi(obnovleniya), siz bilmasligingiz mumkin.

15. Vinchester o‘qish va yozish tezligining pastroqligi yoki vinchesterlar RAID1 texnologiyasi asosida klonlanganligi, bunda bitta axborot ikkita vinchesterga yoziladi va biroz sekinlashishi mumkin(bu oddiy uy sharoitida bo‘lmaydi).

Manba: ITportal.uz

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.