Nokia 2017 yilda smartfonlar bozoriga qaytishi rasman tasdiqlandi

Nokia 2017 yilda smartfonlar bozoriga qaytishi rasman tasdiqlandi

Avvalroq saytimizda mashhur Nokia brendi yana smartfonlar bozoriga qaytishi haqida xabar bergan edik. Kuni kecha esa ushbu xabar finlandiyalik kompaniya tomonidan rasman tasdiqlandi. Nokia brendidan foydalanish huquqiga ega bo‘lgan Finlandiyaning HMD Global Oy kompaniyasi Android platformasidagi smartfonlarni Xitoyning Foxconn kompaniyasi bilan hamkorlikda tayyorlashni rejalashtirgan. Foxconn, shuningdek, Apple mahsulotlarini ishlab chiqarishi ko‘pchilikka ma’lum.

4PDA saytida keltirilgan ma’lumotga ko‘ra, Nokia keyingi 3 yil davomida firmaning marketing faoliyatlari uchun 500 mln yevro miqdorida mablag‘ sarflashni rejalashtirgan. Qayta “tirilgan” Nokia’ning ilk gadjeti D1C bo‘lishi taxmin qilinmoqda. Yangi model sakkiz yadroli Snapdragon 430 protsessori,  3 GB tezkor va 32 GB doimiy xotiraga ega bo‘ladi. U Android 7.0 Nougat versiyasida ishlaydi.

Nokia brendi ostidagi yangi Android smartfonlar 2017 yilning ikkinchi choragida sotuvga chiqariladi. Qurilmalarning o‘zini esa fevral oyida Barselonada o‘tkaziladigan MWC ko‘rgazmasida namoyish etishlari mumkin.

 

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.