Nokia 3310 (2017) tig‘ ostida: korpus mustahkamligi sinab ko‘rildi (video)

  •   DiMaX
  •  1534
  •  21.07.2017 11:44

Nokia 3310 (2017) tig‘ ostida: korpus mustahkamligi sinab ko‘rildi (video)

Ushbu yilda qaytadan ishlab chiqarilgan hamda MWC 2017 ko‘rgazmasida taqdim etilgan yangicha Nokia 3310 (2017) modeli avvalgi ajdodining xususiyatlariga ega emasligi ma’lum. Ammo uning mustahkamligi qay darajada?

Qiziquvchilar shu savolga oydinlik kiritish uchun turli krash-testlar o‘tkazishmoqda. Masalan, tinib-tinchimagan odamlar «qadimgi» Nokia 3310 modelini va uning yangilangan versiyasini gidravlik press ostida siqib sinab ko‘rishdi.

Bugun esa yangi chiqarilgan Nokia 3310 (2017) modelining yana bir sinovini e’tiboringizga havola qilmoqdamiz. Uni YouTube’dagi JerryRigEverything kanali muallifi – Zak nikli videobloger sinovdan o‘tkazgan va videoyozuvini e’lon qilgan. Marhamat, tomosha qiling:


Ko‘rib turganingizdek, telefonning displeyi plastikdan ishlangan – uning tirnalishi uchinchi darajada baholangan. Undan keyingi darajada esa ekranda izlar qolgan. Nokia 3310 (2017)’ning tugmachalari va korpusi ham plastikdan ishlangan. Kamera va chaqnoq oynachalari ham tirnaladi. Demak, bu telefonni kalitlar yoki boshqa metall qirrali buyumlar bilan birga cho‘ntakda olib yurmagan ma’qul.

Ammo bu telefon korpusi egiluvchanligi yaxshi ekan – video muallifi uni qo‘li bilan bukishga uringanida sinib ketmadi, balki elastikligini namoyon etib, qo‘yib yuborilganida yana asl holatiga qaytdi. To‘g‘ri, u «o‘lmas» Nokia 3310 singari mustahkam emas, ammo hozirgi kunda shunchaki gaplashish, SMS-xabarlar yozishish va musiqa tinglash uchun u yaxshi qurilma.

 Aytib o‘tish kerakki, mazkur Nokia 3310 (2017) modeli «Malika» savdo markazida ham sotilmoqda.

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.