Nokia 3310 tilladan tayyorlandi

Nokia 3310 tilladan tayyorlandi

Caviar zargarlik brendi dunyodagi eng oddiy buyumni ham ziynatga aylantirish mumkinligini isbotladi. Nokia 3310 barchamizga yaxshi tanish telefon. Caviar zargarlari uning korpusini titandan ishladi, tugmalari tilladan tayyorlandi. Qiyofasi ko‘zni, narxi cho‘ntakni qamashtiruvchi telefon qora rangdadir.

Mazkur Nokia 3310ni 2 ming dollarga sotib olish mumkin. Bir yildan so‘ng esa brend Putin Inspired 3310 rusumini chiqarishga va’da berdi. Uning bahosi 3 ming dollar bo‘ladi.

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!