Nokia 3310 vs Nokia 3310 (2017): gidravlik pressga kim bardoshli? (video)

  •   DiMaX
  •  1360
  •  20.07.2017 13:03

Nokia 3310 vs Nokia 3310 (2017): gidravlik pressga kim bardoshli? (video)

Nokia telefonlari mustahkam va ishonchli ekanligi bilan shuhrat qozongan. Ayniqsa, uning Nokia 3310 modeli – «tirik afsona»... Garchi joriy yilda qaytadan ishlab chiqarilgan hamda MWC 2017 ko‘rgazmasida taqdim etilgan yangicha Nokia 3310 (2017) modeli eng katta shov-shuvlarga sabab bo‘lgan esa-da, ko‘pchilik baribir uning originali yaxshi edi, degan fikrda.

«Qadimgi» Nokia 3310 modelining mustahkamligini turli yo‘llar bilan sinab ko‘rishganidan xabaringiz bor. Endi esa tinib-tinchimagan odamlar uni va yangilangan versiyasini gidravlik press ostida siqib sinab ko‘rishdi. Bu sinovning videotasvirini esa YouTube’dagi Hydraulic Press Channel kanali e’lon qilgan.

Mana, yaxshisi, o‘zingiz tomosha qiling:


Guvohi bo‘lganingizdek, «qariya» Nokia 3310 korpusi baquvvatligi bois bu sinovda g‘olib chiqdi.

Ammo biz sizga o‘z telefonlaringiz (ayniqsa, smartfonlar) ustida bu kabi sinovlarni o‘tkazib ko‘rishni maslahat bermaymiz.

Darvoqe, mazkur versiyalar o‘zaro taqqoslangan, yangi talqin haqidagi boshqa ma’lumotlar berilgan maqolalarimizga ham nazar solishni tavsiya etamiz.