Nokia 8 olgan ilk suratlar e’lon qilindi

Nokia 8 olgan ilk suratlar e’lon qilindi

Tugayotgan haftada HMD Global kompaniyasi Londonda ilk Nokia flagmanini taqdim qildi. Ishlab chiqaruvchi bugungi talabdan kelib chiqib,  Nokia 8 kamerasiga alohida e’tibor qaratgan. To‘g‘ri, kompaniya uning kamera salohiyatini alohida e’tirof qilgani yo‘q. Qadrdon Zeiss brendiga mansub 13 megapikselli rangli va oq-qora suratga oluvchi sensorlar, optika, optik barqarorlashtirish va lazerli avtofokus funksiyalariga egaligi, 4K video suratga olishi bilan kamera e’tiborni tortgan edi.

Nokia 8 devaysidagi kamera sensorlarining optik linza sig‘imi f/2.0 hajmli. Selfi suratlar uchun ham 13 megapikselli sensor tanlangan. Odatga ko‘ra, ularda ham ZEISS linzalaridan foydalanilgan.

Aslida uning imkoniyatlari qanday?

Shu savolga javob izlagan insayderlar Nokia 8 bilan birga London bo‘ylab sayohat qilishdi. Yangi flagman olgan fotosurat namunalari jurnalistlarga va ko‘pchilik o‘quvchilarga ma’qul kelmoqda. To‘g‘ri, Nokia 8'ni bugungi kuchli kamerafonlarning eng zo‘ri, deyish qiyin, biroq u olgan selfilar, ayniqsa sizga ham ma’qul bo‘ladi.

Kamera imkoniyatlariga siz ham baho bering:

Umuman olganda, tasvirlar sifatli va detallarga boy, kameraning rangni muhrlash imkoniyati tabiiy.

Eslatib o‘tamiz, Nokia 8 smartfoni 5.3 dyuymli va Corning Gorilla Glass 5 himoya shishasi bilan qoplangan Quad HD (har dyuymdi  554 belgi) displey, 8 yadroli kuchli Snapdragon 835 protsessoriga egaligi bilan o‘ziga xos.  

Mobil aloqa vositasining tezkor xotira sig‘imi 4 (DDR4X), doimiy xotira esa 64 gigabaytli (UFS 2.1). Smartfon 256 GB.gacha bo‘lgan qo‘shimcha xotirani qo‘llab-quvvatlaydi. Shuningdek, Nokia 8'ning ko‘k korpusli talqiniga 128 gigabaytli xotira o‘rnatiladi.

Nokia 8 och va to‘q ko‘k, po‘lat rang, jilodor mis rang korpuslarda ishlab chiqariladi va sentyabrdan boshlab 599 yevrodan sotuvga chiqariladi.

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!