Nokia 8: “smartfonlar kushandasi” yozda sotuvga chiqadi

Nokia 8: “smartfonlar kushandasi” yozda sotuvga chiqadi

Samsung qanchalar harakat qilmasin, biroq Nokia brendining smartfon bozoriga qaytishi yaqindagina o‘tgan Jahon Mobil Kongressining eng shov-shuvli voqeasi bo‘ldi. Finlyandiyaning HMD Global kompaniyasi namoyish qilgan zamonaviy talqindagi Nokia 3310 va yangi Nokia modellari Yevropa bozorida raqobatni yanada kuchaytirishi mumkin.

HMD kompaniyasi o‘zi allaqachon muvaffaqiyatli aloqalarni o‘rnatgan Yevropa uchun mos smartfonlar ishlab chiqarishni rivojlantirishi aniq. Jumladan, eng ilg‘or va qimmatbaho flagmanlar ishlab chiqarish rejasi ham yo‘q emas.

Arzon, o‘rta narxli va qimmat telefonlar ishlab chiqarishni ko‘zlagan Nokia brendining yaqin yillar ichida iPhone, Samsung kabi yetakchi smartfon brendlari bilan bellashishi kutilmoqda.

Kompaniyaning Nokia 8 smartfoni to‘g‘risidagi yil boshidan buyon tarqayotgan ma’lumotlarga ko‘ra, peshqadam texnologik jihatlarga ega ushbu flagman joriy yilning 2-choragidan sotuvga chiqariladi.

Mobil telefon yilning eng kuchli Android smartfonlari kabi, Snapdragon 835 protsessori hamda Adreno 540 videokartasi, 5.7 dyuymli QHD ekran, microSD qo‘shimcha xotira bo‘lmachasi, 23 megapikselli bosh kameraga ega bo‘ladi. Nokia 8 4 GB yoki 6 GB operativ xotira, 64/128 GB doimiy ichki xotira, 4000 mA soat akkumulyator bilan ta’minlanadi.

Nokia 8’ning xalqaro bozorda $464 AQSh dollaridan sotilish aytilmoqda.

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!