Nokia mobil telefonlar bozoriga qaytadi

Nokia mobil telefonlar bozoriga qaytadi

Finlyandiyaning Nokia kompaniyasi mobil telefonlar va planshetli kompyuterlar ishlab chiqarishni qaytadan yo‘lga qo‘ymoqchi. Bu haqda Daryo.Uz Meduza’ga asoslanib xabar bermoqda.

Kompaniya tarqatgan bayonotda aytilishicha, Nokia HMD Global Ltd. korporatsiyasiga yaqin 10 yil davomida o‘z brendi ostida telefon va planshetlar chiqarish bo‘yicha eksklyuziv huquqlarni taqdim etadi.

HMD Global Ltd. Finlyandiyadagi yangi kompaniya bo‘lib, unda Nokia’ning ulushi yo‘q.

Ilgariroq xabar qilinganidek, tayyorlanayotgan shartnoma doirasida HMD Global Ltd. hamda Foxconn guruhiga kiruvchi Tayvanning FIH Mobile kompaniyasi Microsoft’dan Nokia’ning mobil telefonlar chiqarish bo‘linmasini 350 million dollarga xarid qiladi.

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.