Noutbuklarda Wi-Fi nuqta hosil qilgan holda o‘zaro ma’lumot almashish

Noutbuklarda Wi-Fi nuqta hosil qilgan holda o‘zaro ma’lumot almashish

Kundalik hayotimizda ikkita noutbuk o‘rtasida ma’lumot almashish zaruriyati ham uchrab turadi. Agarda sizda biror bir umumiy tarmoq, aloqa kabeli yoki axborot tashuvchi qurilma (USB qattiq disk (vinchester, HDD), USB fleshka) bo‘lmasa, qanday yo‘l tutasiz? Bunda eng yaxshi usul noutbuklarning Wi-Fi tarmoqlarni qo‘llab-quvvatlash imkoniyatidir. Ushbu maqolamizda aynan noutbuklarda Wi-Fi nuqta hosil qilgan holda, ular o‘rtasida o‘zaro ma’lumot almashishni ko‘rib o‘tamiz.

Ishni boshlashdan oldin kliyent yoki server kompyuterni aniqlashtirib olamiz va kliyent, ya’ni tayyor tarmoqqa ulanishi kerak bo‘lgan kompyuterimizni sozlashdan boshlaymiz. Bunda quyidagi ishni amalga oshiramiz: Sentr upravleniya setyami i obщim dostupom’ga kiramiz:

Bundan Izmeneniye parametrov adaptera’ni tanlaymiz:

Hosil bo‘lgan oynadan Besprovodnaya set’ni ustiga sichqonchaning o‘ng tugmasini bosib, ochilgan kontekst menyusidan Svoystva bo‘limiga o‘tamiz:

Hosil bo‘lgan oynada Protokol Interneta versii 4 (TCP/IPv4)’ni ustiga sichqonchaning chap tugmasini 2 marta bosamiz:

Kerakli IP-adres’ni kiritib, OK tugmasini bosgan holda oynani yopamiz:

Keyingi qadamda yana Sentr upravleniya setyami i obщim dostupom bo‘limiga qaytib, bu safar Izmenit dopolnitelnie parametri obщyego dostupa bo‘limini ochamiz:

va quyidagi ko‘rinishda sozlaymiz:

| Eslatma: Aynan ko‘rsatilganidek sozlang!

1. Izmeneniye parametrov obщyego dostupa dlya razlichnix setevix profiley sozlamalaridagi birinchi bo‘lim, Chastnaya quyidagicha sozlanadi:

2. Izmeneniye parametrov obщyego dostupa dlya razlichnix setevix profiley sozlamalaridagi ikkinchi bo‘lim, Gostevaya ili obщyedostupnaya (tekuщiy profil) quyidagicha sozlanadi:

3. Izmeneniye parametrov obщyego dostupa dlya razlichnix setevix profiley sozlamalaridagi uchinchi bo‘lim, Vse seti quyidagicha sozlanadi:

Hammasini bajarib bo‘lganimizdan so‘ng Soxranit izmeneniya tugmasini bosgan holda oynani yopamiz.

Shu bilan 1-kompyuterimiz ulanishga tayyor bo‘ladi.

---

Endi 2-kompyuterimizni sozlab olamiz. Buning uchun Vipolnit (Win+R) oynasida cmd buyrug‘ini yozgan holda, Buyruqlar satri (Komandnaya stroka)ni ochamiz:

Diqqat: Konsol ekranga kiritishimiz kerak bo‘lgan kodimiz quyidagicha bo‘ladi:

netsh wlan set hostednetwork mode=allow ssid=mening_wi-fi key=12345678 keyUsage=persistent

Enter tugmasini bosib quyidagini yozamiz:

netsh wlan start hostednetwork

Bu yerda siz SSID ga ixtiyoriy nom berishingiz mumkin, chunki bu sizning kompyuteringizdan tarqatilayotgan Wi-Fi signalining nomi hisoblanadi. Parol (key)ga ham hohlagan parolingizni berishingiz mumkin.

“Wi-Fi router”imizga ham IP-adres berib olamiz:

Ko‘rishimiz mumkinki, bu yerda qo‘shimcha punkt paydo bo‘lib qolgan. Keyin uning ham Svoystva bo‘limiga kirib IPv4 ni tanlab, tegishli IP-adres’ni beramiz:

Va yuqoridagi harakatlarni ushbu kompyuterimiz bilan ham takrorlaymiz:

Endi esa ixtiyoriy bitta kompyuterimizda yangi papka hosil qilib, quyidagi ketma-ketliklarni bajaramiz:

Hammasini bajarib bo‘lganimizdan so‘ng OK tugmasini bosgan holda papkamizning dialog oynasini yopamiz.

Endi 1-kompyuterimizdan Wi-Fi tarmog‘i orqali 2-kompyuterda yaratilgan Wi-Fi tarmog‘iga ulanamiz, parolni kiritamiz, so‘ngra Moy kompyuter’ga kirib Set bo‘limini tanlaymiz va kerakli kompyuterni ochib, yuqorida hosil qilingan Umumiy papka (Obщaya papka) orqali bemalol u kompyuterdan bunisiga yoki bunisidan unisiga ma’lumot almashishimiz mumkin!

Sinab ko‘ring bu judayam qiziq!

Maqola muallifi TATU talabasi: Bekzod Eliboyev.

 

Shu turdagi maqolalarni Telegram'dagi ushbu kanalimizda ham kuzatib borishingiz mumkin: @itspecuz

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!