Noyabr oyida AppStore‘da rekord darajada ilova sotildi

Noyabr oyida AppStore‘da rekord darajada ilova sotildi

Apple kompaniyasining global marketing masalalari bo‘yicha vitse-prezidenti Fil Shiller (Phil Schiller) o‘zining Twitter blogidagi sahifasida o‘tgan noyabr oyida AppStore‘da sotuv bo‘yicha yangi rekord qayd etilganini ma’lum qildi, deb xabar bermoqda Mac Rumors sayti.

Uning so‘zlariga ko‘ra, 2016 yilning noyabr oyida AppStore do‘konida so‘nggi sakkiz yil ichidagi eng yuqori miqdordagi savdo ko‘rsatkichi qayd etilgan. AppStore resursiga bundan sakkiz yil avval, 2008 yilning iyul oyida asos solingan edi.

Hozircha kompaniya bu borada aniq raqamlarni e’lon qilmagan.

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!