OAV: Galaxy S9 birovlarning SMSlarni o‘qiydi, o‘rtasidan bukiladi va Wi-Fi orqali quvvatlanadi (+video)

  •   DiMaX
  •  2908
  •  24.02.2018 18:03

OAV: Galaxy S9 birovlarning SMSlarni o‘qiydi, o‘rtasidan bukiladi va Wi-Fi orqali quvvatlanadi (+video)

Samsung kompaniyasining ertagayoq taqdim etiladigan flagman smartfoni turfa yangi texnologiyalarga boy bo‘lishi kutilmoqda. Ularning aksariyati allaqachon ma’lum; shu bilan birga, Galaxy S9 haqidagi mish-mishlar yanada qiziqarli.

O‘QING: Galaxy S9 hamda S9+’ning barcha tafsilotlari, yangi suratlari va videosi bittada!

Shu kunlarda Samsung kompaniyasining o‘zi internetda e’lon qilgan, rus tilidagi videolavha esa hammasidan oshib tushdi. Unda aytilishicha, ommaviy axborot vositalari Galaxy S9 haqida «haddan ziyod ko‘pirtirib» gap tarqatayotgan emish. Barchasiga aniqlik kiritish uchun, 25 fevral kuni bo‘lib o‘tadigan Galaxy Unpacked namoyishini jonli efirda tomosha qiling, deyiladi videoda.

Mana, o‘zingiz tomosha qiling-da:

O‘QING: Galaxy S9’ga boshqa smartfonlarda umuman bo‘lmagan bir datchik ham qo‘shiladi

Samsung’ga ko‘ra, mish-mishlarda Galaxy S9 haqida quyidagi gaplar yurgan emish:

  • soniyasiga 600 kadrgacha chastotada sekinlashtirib videoga ola biladi;
  • boshqalarning onlayn-xabarlarini «ilib olish»ga qodir;
  • kamerasida olingan fotosuratlarni chop etadi;
  • akkumulyatori Wi-Fi orqali quvvatlanadi;
  • o‘rtasidan bukiladi;
  • hidlarni taniydi va atirning nomini aniqlay biladi;
  • fotosuratlarni animatsiyali gologrammalarga aylantira oladi;
  • o‘zida o‘rnatilgan ilova orqali kriptovalyuta «ishlab topa» oladi;
  • 360 formatida foto va video simulyasiya qiladi;
  • ekrani shikastlansa o‘z-o‘zini tiklaydi;
  • foydalanuvchi ichganligini aniqlasa, ayrim funksiyalarni o‘chirib qo‘yadi.

Guvohi bo‘lganingizdek, bu yerda Samsung’ning o‘zi mish-mishlarni oshirib yuborgan; chunki mazkur gaplarning aksariyatini ommaviy axborot vositalari umuman aytgan emas.

Nima bo‘lganda ham, Samsung Galaxy S9 hamda Galaxy S9+ ertagayoq namoyish etiladi va «to‘qqizinchi galaktika» o‘z sirlarini ochadi. Voqealar rivojini biz bilan kuzating.

O‘QING: Samsung Galaxy S9 va S9+ narxlari «chaqib oladigan» bo‘ladi

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.