Odamsimon robot odamlarni yo‘q qilishini aytdi

Odamsimon robot odamlarni yo‘q qilishini aytdi

Sofiya ismli android o‘z yaratuvchisining odamlarni yo‘q qilasanmi, degan savoliga “ha” deb javob bergan. CNBC`ning xabar berishicha, mazkur robot o‘tgan yilning aprelida faollashtirilgan.

Robot Sofiya 62 ta emotsiyani o‘xshata oladi, uning ko‘zlariga kamera o‘rnatilgan bo‘lib, suhbatdoshi bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri aloqa o‘rnatadi. Shu bilan bilan birga odamlarga xos hatti-harakatlarni bajara oladi.

Uni ishlab chiqargan Devid Xensonning ma’lum qilishicha, robotning tashqi ko‘rinishini ishlab chiqishda aktrisa Odri Xepbern va rafiqasidan ilhomlangan.

Sun’iy idrokning javobi

Unga kelajakdagi maqsadlari haqidagi savol berilganda o‘qishni o‘rganish, san’at bilan shug‘ullanish, o‘z ishini tashkil etish, o‘z uyi, o‘z oilasiga ega bo‘lish rejalari borligini aytdi. Biroq hozircha jamiyat a’zosi emasligini ham qo‘shimcha qilgan.

Odamlarni yo‘q qilishing mumkinmi, mazmunidagi savolga “ha”, deb javob qaytargan.

Mazkur suhbat videoroligi global tarmoqda katta qiziqish bilan ko‘rilmoqda. Uni ushbu manbada tomosha qlishingiz mumkin.

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!