Odnoklassniki.ru Ispaniya La Ligasi uchrashuvlarini translyasiya qiladi

Odnoklassniki.ru Ispaniya La Ligasi uchrashuvlarini translyasiya qiladi

Rossiyaning Odnoklassniki.ru ijtimoiy tarmog‘i Ispaniya La Ligasining yangi mavsumdagi barcha uchrashuvlarini to‘g‘ridan-to‘g‘ri namoyish etadi. Qalampir.uz shu haqda yozmoqda.
 
Ma’lum bo‘lishicha, Odnoklassniki.ru sayti translyasiya borasida Telesport kompaniyasi bilan kelishuvga erishishgan. Uchrashuv translyasiyalari esa tarmoqdagi “Sila” guruhidaefirga uzatiladi.
 
Translyasiyani uzatish rejasi ertadan, ya’ni 9 sentyabr kuni Toshkent vaqti bilan 15:40 da boshlanishi ko‘zda tutilgan. Translyasiya startini “Real”–“Levante” uchrashuvi boshlab beradi.
 
23:45 da “Barselona”–“Espanol” uchrashuvi “Sila” guruhining 9 sentyabr kundagi translyasiyalarini yakunlashi rejalashtirilgan.
 
Eslatib o‘tamiz, avvalroq VKontakte ijtimoiy tarmog‘i ham La Liga uchrashuvlarining translyasisini yo‘lga qo‘ygandi.
 
Ma’lumot uchun, Ispaniya La Ligasi tarkibida dunyoning eng kuchli klublari hisoblangan “Real”, “Barselona”, “Atletiko” va “Sevilya” jamoalari ishtirok etishadi.
 
Ayni vaqtda Ispaniya chempionatida 2-tur uchrashuvlari to‘liq yakuniga yetgan bo‘lib, musobaqa jadvalini 6 ochko jamg‘argan holda “Real Sosedad” klubi boshqarib turibdi.

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!