Olcha.Uz internet-do‘konida Galaxy S9 va boshqa gadjetlarga buyurtma bering, talabalar uchun bo‘lib-bo‘lib to‘lash imkoniyatlari bor!

Olcha.Uz internet-do‘konida Galaxy S9 va boshqa gadjetlarga buyurtma bering, talabalar uchun bo‘lib-bo‘lib to‘lash imkoniyatlari bor!

...Olcha pish, og‘zimga tush, degan zamonlar allaqachon o‘tib ketgan. Olchani pishirib og‘izga tushirish uchun... eh-he-ye-ye, qancha olcha pishig‘i kerak! 😃😆😄  Ha, unaqa-munaqa olcha so‘ramadingiz-da o‘ziyam! ☺️😌

Xullasi kalom, maqsad yo‘lida bir kalla ikki bo‘ldi, ikkisi – besh, beshi – yigirma besh... Necha olchashunos bir-birini izlashib-topishib, ko‘p emas, kam emas, naq besh ming yetti yuz sakson besh yarim soat bir tuproqda qorishdi. Talashdi, tortishdi, qizishdi – axiyri aqlu naqlning qovushishidan ajab bir urug‘ paydo bo‘ldi. Yaxshi niyat bilan o‘sha qizg‘in tuproqqa qadaldi. 🎯 Mehrlilarning mahorati bu urug‘ga zap o‘g‘it bo‘ldi...💗 Voajabki, cho‘p suqsang, bog‘ ko‘karadigan zaminda olcha niholi nish urdi! Gulga kirdi!

Olcha.uz internet do‘koni ilk bahordan yangi va yaxshi mahsulotlar, chegirmalar, sovg‘a-salomlar, aksiyalar bilan ko‘ngillarni yashnata boshladi.

Chunonchi olcha.uz talabalar uchun ajoyib aksiya e’lon qildi. Endilikda poytaxtimiz oliy o‘quv yurtlarida tahsil olayotgan yigit-qizlar olcha.uz internet do‘konidan noutbuk hamda MDC va Mandalina smartfonlarini oyma-oy taqsimlab to‘lash yo‘li bilan xarid qilishi mumkin.

Ishqibozlarning havasini olovlatgan Samsung Galaxy S9 va S9 Plus flagmanlarini O‘zbekistonda birinchilardan bo‘lib qo‘lga kiritish imkoni ham Olcha.uzda!

Internet-do‘konda avvaldan buyurtma (pre-order) xizmati ham mavjud!  1 martdan 15 martgacha ushbu smartfonlarni buyurtirganlar biri-biridan ajoyib 3ta sovg‘aning egasi bo‘ladi:

  • Samsung simsiz quvvatlash qurilmasi (wireless charger)
  • Black Quail charm hamyoni
  • Makro supermarketlarida xarajat qilish uchun 300 000 so‘mlik vaucher

Eslatib o‘tamiz, Samsung Galaxy S9ning xotirasi 64 GB, Samsung Galaxy Plus'niki esa 64 va 256 GB. Ikkovi ham 400 GBli xotira kartasini sig‘dira oladi, shuningdek simsiz quvvatlanish imkoniyatiga ega.

Har ikki flagmanning 12 MPli qo‘sh aperturali kamerasi bor: demakki yorug‘lik past sharoitda olinsa ham, suratlar tiniq chiqaveradi. Shuningdek, smartfonlarda sekundiga 960 kadr shiddatida videotasvirga olish imkoni mavjud.

S9 va S9 Plus'ning sadolanish sifatiga ham alohida e’tibor qaratilgan: Dolby™ Atmos taqdim etgan stereodinamiklar tufayli har bir tovushni nozik nolalarigacha his qilasiz.

Xullasi kalom, Olcha.uzdan oling, yutqazmaysiz!

 

Batafsil: olcha.uz

Facebook: fb.com/olchauz

Instagram: @olcha_uz

Telegram: t.me/olchauz

Call center: +998(71) 202-202-1

Ish vaqti: har kuni 8:00 – 23:00

Reklama huquqi asosida.