Olimlar: iPhone ijtimoiy ehtiyojga aylangan

Olimlar: iPhone ijtimoiy ehtiyojga aylangan

Wired ixtisoslashgan jurnali mutaxassislarining o‘rganishlariga ko‘ra, bugunga kelib iPhone “aqlli telefoni” foydalanuvchi uchun hashamat yoki shunchaki ko‘z-ko‘z qilish vositasi emas, balki jamiyatda odamlar bilan munosabatga kirishishlarida muhim ahamiyatga ehtiyojga aylangan. Ekspertlarning ma’lum qilishlaricha, odamlar aslida jamiyatda o‘zlari xohlagan mavqeni egallashni istaganlari uchun ham ayfon smartfonining qimmatbaholigi ularni tashvishga solmaydi.

Apple korporatsiyasining taniqli mahsuloti o‘zini jamiyatning ajralmas qismi deb hisoblaydigan, hurmat va ehtiromga o‘ch odamlarning ajralmas qismlariga aylangan. Foydalanuvchi ayfon smartfoniga texnik qurilma emas, balki uning ahamiyatiga ta’sir etuvchi omil deb qaraydi.

Olimlarning tasdiqlashlaricha, o‘zlarini sog‘liklarini o‘ylash yoki maroqli hordiqdan ko‘ra, iPhone sotib olishni xohlayotgan odamlar soni tobora oshib bormoqda. Jumladan, aholisining 88%i internetdan foydalanadigan AQSh fuqarolarining aksariyati “Olma” ayfonini ma’qul ko‘radi.

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!