Olimlar Nokia Lumia 1020 modelini DNK skanerga aylantirishdi

Olimlar Nokia Lumia 1020 modelini DNK skanerga aylantirishdi

2013 yilda taqdim etilgan Nokia Lumia 1020 smartfoni 41 MPli kuchli kamera, optik stabilizatsiya va ksenon choqnoq bilan jihozlangan edi. AQShning Kaliforniya universitetida ishlaydigan olimlar ushbu kamerafon bazasida DNK-tadqiqotlarda foydalanish uchun portativ mikroskop yaratishdi, deb Gagadget sayti.

Olimlar gadjetning markaziy elementidan foydalanib, 3D printerda mikroskopning mexanik asosini bosmadan chiqarishdi. Tahlil fluoretsent metod yordamida amalga oshiriladi. Ikkita lazerli diod DNK molekulalarini yorug‘lik chiqarishga majburlaydi, fon sifatida esa yorqin oq svetodiod ishlatiladi.

Mashinaviy o‘rganish asosida mikroskop orqali saraton kasalliklarining diagnostikasini o‘tkazish mumkin.

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.