Olimlar: Smartfon erkaklarda bepushtlikka sababchi bo‘lishi mumkin

Olimlar: Smartfon erkaklarda bepushtlikka sababchi bo‘lishi mumkin

Yaqinda o‘tkazilgan tadqiqotlar “aqlli telefon” hamda boshqa mobil texnika vositalari tanadagi spermaga jiddiy zarar yetkazib, erkakning bepushtligiga sababchi bo‘lishi mumkin ekanligini ko‘rsatmoqda.

Erkaklarda sog‘lom turmush tarzi holatini o‘rganish bo‘yicha mutaxassis, professor Gita Nargund rahbarligida Buyuk Britaniyada tashkil etilgan tadqiqot xulosalariga ko‘ra, erkaklarning o‘z smartfonlarini shimning cho‘ntaklarida saqlashlari zararli odat. Boisi, mobil aloqa vositalaridan taralayotgan elektromagnit faollik spermalarning salomatligiga jiddiy zarar yetkazadi. Mazkur masalani to‘liq miqyosda o‘rganish davom etmoqda. Loyiha muallifi erkaklarga smartfonlarini pidjak cho‘ntagida yoki boshqa joyda saqlashni tavsiya qilmoqda.

Ma’lumot o‘rnida aytish kerakki, bir necha yillar avval germaniyalik talabalar tomonidan erkaklar uchun smartfon va noutbukning radioaktiv nurlaridan himoya qilishga qaratilgan ichki kiyimlar ishlab chiqilgan edi. Bu kabi himoya tizimiga ega kiyimlarda kumush metalidan to‘qilgan materialdan foydalanilgan bo‘lib, u mobil texnikaning zararli ta’sirini tanaga o‘tkazmaydi.

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.