One UI 5.1 versiyasiga yangilangan va yangilanishi kutilayotgan smartfonlar ro'yxati

One UI 5.1 versiyasiga yangilangan va yangilanishi kutilayotgan smartfonlar ro'yxati

Samsung kompaniyasi rasman o'zining One UI grafik qobig'ining yangi 5.1 versiyasini taqdim qildi. Ushbu yangilanish eng birinchi bo'lib, fevral oyi boshida Galaxy S23 smartfonlari bilan chiqarilgan edi. Endilikda esa kompaniya ushbu versiyaning yangi funksiyalar bilan boshqa Galaxy smartfonlariga ham tarqatilishini e'lon qildi.

One UI 5.1 yangilanishi Expert RAW, rivojlangan surat tahrirchisi, Multi Control va dinamik ob-havo vidjeti kabi o'zgarishlarni o'z ichiga oladi. Bundan tashqari Samsung maxsus fon rasmlari, qo'ng'iroq ohanglari, teginish sezgirligi, muayyan harakatlarga ko'ra shriftlarni moslashtirish imkonini beradigan Rejimlar xususiyatini ham kengaytirgan.



Garchi kompaniya One UI 5.1 yangilanishini endigina e'lon qilgan bo'lsa ham, uni tarqatish bir necha kun avval boshlangan edi. Quyida yangilanishni allaqachon qabul qilishga ulgurgan modellar ro'yxati bilan tanishishingiz mumkin:

  • Galaxy S22
  • Galaxy S22+
  • Galaxy S22 Ultra
  • Galaxy S21
  • Galaxy S21+
  • Galaxy S21 Ultra
  • Galaxy S21 FE
  • Galaxy S20
  • Galaxy S20+
  • Galaxy S20 Ultra
  • Galaxy S20 FE 4G/5G
  • Galaxy Z Fold 4
  • Galaxy Z Flip 4

One UI 5.1 yangilanishini endi qabul qiladigan smartfon va planshetlar ro'yxati esa quyidagicha:

  • Galaxy Z Flip 3
  • Galaxy Z Fold 3
  • Galaxy Tab S8
  • Galaxy Tab S8+
  • Galaxy Tab S8 Ultra
  • Galaxy A73 5G
  • Galaxy A53 5G
  • Galaxy A33 5G
  • Galaxy A72
  • Galaxy A82 5G
  • Galaxy A52s 5G
  • Galaxy A52 5G
  • Galaxy A52
  • Galaxy Tab S7 FE
  • Galaxy Tab S7+
  • Galaxy Tab S7
  • Galaxy Z Fold 2
  • Galaxy Z Flip
  • Galaxy Note 20
  • Galaxy Note 20 Ultra
  • Galaxy A71
  • Galaxy A51
  • Galaxy Tab S6 Lite

Ushbu smartfonlar One UI 5.1 yangilanishini kelayotgan haftalarda, mart oyi boshiga qadar qabul qilishadi.

O'QING: Galaxy S FE seriyasini ishlab chiqarish to‘xtatilmagan va yangi smartfon tez orada chiqariladi!

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!