OnePlus 3T: “1-raqamli xitoylik smartfon” …mi?

OnePlus 3T: “1-raqamli xitoylik smartfon” …mi?

Texnik jihatlari:
· Aloqa tarmoqlari: GSM 850/900/1800/1900, 3G, 4G LTE, LTE-A Cat. 6, 4G FDD-LTE: bands 1/3/5/7/8; TDD-LTE: bands 38/39/40/41;
· Displey: 5.5 dyuymli, 1920x1080 belgi, har dyuymdi 401 ppi, Optic AMOLED matritsa, Gorilla Glass 4 himoya shishasi;
· Platforma: Qualcomm Snapdragon 821, (Kryo, 2x2,35 GGs, 2x1,6GGs), Adreno 530 video-karta;
· Operativ xotira: 6 Gb (LPDDR4), 64/128 Gb doimiy (UFS 2.0), microSD — yo‘q;
· Operatsion tizim: Android 7 va Nougat;
· SIM-karta: 2 ta nano;
· Bosh kamera: 16 Mp Sony IMX298 datchigi), avtofokus, suratni barqarorlashtirish funksiyasi va, diafragma f/2.0;
· Old kamera: 16 Mp (Samsung 3P8SP), f/2.0;
· Kommunikatsiya: Bluetooth 4.2, Wi-Fi 802.11 a/b/g/n/ac, USB Type C, NFC;
· Akkumulyator: 3400 mA soat, Dash Charge (4A/5V) — 30 minutda to‘liq quvvat bilan ta’minlaydigan texnologiya;
· Barmoq izlari skaneri: mavjud;
· O‘lchamlari: 152.7x74.7x7.35 mm, vazni 158 gramm.

Tanishuv

Garchi, 2016 yilda jahon miqyosida geleksi turkumining so‘nggi vakili eng yaxshi smartfon deb topilgan bo‘lsa-da, yil davomida u bilan bellasha oladigan, yil qahramoni bo‘lishga arzigulik smartfonlar ham taqdim qilingan. Xitoyning OnePlus kompaniyasi ilk smartfoni bilan tillarga tushgan edi. Kompaniya 2016 yilning iyunida taqdim qilgan OnePlus 3 ko‘pchilikning e’tiborini qozongan. OnePlus  tomonidan noyabr oyida ushbu smartfonning “OnePlus 3T” nomi bilan yanada takomillashgan versiyasi sotuvga chiqarildi.

Bu gal OnePlus 3’da o‘rnatilgan Qualcomm Snapdragon 820 protsessoridan voz kechilgan va yangi gadjetga 2016 yilning ilg‘or Snapdragon 821 protsessori o‘rnatilgan. 8 MP old kamera modulining sig‘imi oshib, endi bosh kamera kabi, 16 megapikselli sensor bilan ta’minlandi. Akkumulyator sig‘imi 400 mA soatga oshirilib, 3400’ga yetdi.

Dizayn, o‘lcham va boshqaruv elementlari

OnePlus 3T tashqi ko‘rinishidan “ajdodi” bo‘lmish OnePlus 3’dan farq qilmaydi. Uning metall korpusining dizayn yechimi, kamera modulining kattaligi HTC flagmanlarini eslatib yuboradi. Orqa panelning yuqori va quyi qismlarida antenna uchun plastik uloq o‘tkazilgan. Old paneldagi rom qirralari silliqlangan. Ekran 2.5D effektiga ega Corning Gorilla Glass 4 himoya shishasi bilan qoplangan. Displey ham himoya plenkasiga ega. Bosh kameraning romi po‘lat metallidan tayyorlangan. Kamera ob’yektivi esa zangori shisha bilan qoplangan.

Korpus ixcham va qulay, shakl va tuzilishi simmetrik, yig‘ilishi pishiq va sifatli. Rasmiy sotuvda uning bronza («Gunmetal») hamda tilla rang («Soft gold») talqinlari mavjud.

Ekran diagonali 5.5 dyuym bo‘lgan gadjetning o‘lchamlari:  152.7 x 74.7 mm. Korpus qalinligi 7.35 mm ekanligi g‘oyatda taassurotli. Smartfon qiya shakldagi korpus qirralari va ixcham eni, 158 grammli vazni bilan kaftda qulay joylashadi.

Old panelning yuqorisida o‘tkazib yuborilgan qo‘ng‘iroq yoki sms-xabarlar va boshqa ogohlantirishlar uchun indikator o‘rnatilgan. Sozlamalarga kirib uni 8 ta rangdan biriga almashtirish mumkin. Shuningdek, uning qatoridan yorug‘lik, oraliq-masofa, selfi-kamera sensorlari hamda suhbat uchun dinamik mavjud. Smartfon spikeri baland va tovush uzatishi toza. Suhbatdoshning ovozi aniq va aks-sadosiz eshitiladi. Foydalanuvchining ovozi ham 2-tomonga yaxshi eshitiladi.

Displey ostida esa barmoq izlarini skaner qiluvchi markaziy sensor tugmasi mavjud. Foydalanuvchilarning fikriga ko‘ra, barmoq izlari skanerining ishlashi bilan muammo yo‘q. Uning ikki yonida «Orqaga» va «Menyu» sensor tugmalari mavjud. Sozalamalrda ularning o‘rnini almashtirish ham mumkin. Bosh tugmaga uni bosib turish yoki barmoq zarbiga ko‘ra ham buyruq bersa bo‘ladi.

Korpus quyisidan baland ovoz dinamigi, USB Type-C universal porti, bosh mikrofon hamda audio-quloqchinlar uchun ov3.5 mm.li konnektor o‘rnatilgan. Korpus tomi esa elementlardan xoli.

Korpusning o‘ng tomonida – metalldan ishlangan yoqish tugmasi, sim-karta uchun 2 ta bo‘lmacha mavjud.

Ovozni boshqarish klavishi korpusning chap tomonidan o‘rin olgan. Uning yonida smartfonni kerak mahalda ovozsiz tizimga va yana odatiy rejimga o‘tkazadigan tugmacha ham o‘rnatilgan.

Orqa panelning yuqorisida 1.5 mm hajmli bosh kamera tuynugi, 2-mikrofon hamda svetodiodli fotochaqnoq bor.

Displey

OnePlus 3T’ning 5.5 dyuymli ekran displeyining hajmi – 68×121 mm. Displeyning yuqori qismidagi hoshiya hajmi – 15 mm, quyi hoshiyasi – 16, o‘ng va chap tomondagi hoshiya taxminan 3 mm. Displeyga ekrandagi shu’lani qaytaruvchi qoplama yotqizilgan.

Displey sig‘imi – FullHD, ya’ni 1920×1080 belgini qamrab oladi, har dyuymdag 400 piksel. Displey matritsasi – Optic AMOLED. Optic – bu marketing nomi. OnePlus 3T ekrani maksimal holatda o‘zidan 423 kd/m2 miqdordagi yorug‘lik ajrata oladi.

Displeyning o‘ziga xos yana bir jihati – mutolaaga mo‘ljallangan tungi rejim. Bu jihat bugun barcha zamonaviy ekranli gadjetlarda mavjud.

Ekran burchaklarida ham tasvirning aks etishi yaxshi. Umuman olganda, ekranning sifati SuperAMOLED-matritsali boshqa android smartfonlariniki bilan bir xil, ya’ni sifatli.

Platforma samaradorligi va operatsion tizim

OnePlus 3T yirik sig‘imli, 6 Gb “operativka”ga, 64 Gb hamda 128 Gb talqindagi xotiraga ega. Unda microSD qo‘shimcha xotira bo‘lmachasi yo‘q.

OnePlus 3T smartfonida 2016 yilning kuchli protsessori – Qualcomm Snapdragon 821 o‘rnatilgan: 64 bitli bu chip  ma’lumotlarni 14 nanometrli jarayonda qayta ishlaydi,  Kryo arxitekturasiga ega 2 ta yadroning chastota tezligi 2.34 GGs amda yana 2 tasiniki 2 GGs. Grafik-tasvirlar uchun Adreno 530 (653 MGs) video-kartasi mas’ul.

Smartfonda operatsion tizimning ishlashi joyida: tezkor va aniq, uzilish va “qotib qolish”lar kuzatilmaydi. Apparatda ishlash qulay va qiziqarli. Antutu benchmarkida smartfon 2016 yil uchun deyarli rekord, ya’ni 155 000 ball to‘plagan va reytingda 5-o‘rinni egallagan.

Katta kuchlanishda, ya’ni grafikaga boy o‘yinlarni o‘ynaganda telefon old panelida va orqa panelidagi kamera atrofida bir oz, aniqrog‘i 36 gradusli qizish kuzatiladi.

Qurilma Google Android 6.0.1 Marshmallow’ning o‘zlashtirilgan  Oxygen OS 4.0.3 versiyasi bilan ishlab chiqariladi. 2017 yilning 15 aprel kuni ishlab chiqaruvchi apparat foydalanuvchilari yanada yangi Nougat tizimini yuklab olishlari mumkinligini ma’lum qilishdi. Tizimda ko‘p oynali rejim ham mavjud.

Interfeysdagi “soatlar” ilovasi, “qo‘ng‘iroqlar” ilovasi takomillashgan. GPS ilovasi boyitilib, endi smartfon foydalanuvchining joylashuv o‘rnini yanada aniq belgilab beradi. Ekran yuqorisida turadigan ogohlantirishlar oynasi orqali displeyning o‘z yorug‘ligini belgilaydigan rejimni yoqish yoki o‘chirish mumkin. Sananing hamda ogohlantirishlarni aks ettirish, tez-tez foydalaniladigan ilovalarni tezkor ochish, barmoq zarbasiga ko‘ra Home tugmasiga topshiriq berish kabi smart-funksiyalarning joriy qilinganligi o‘ziga xos.

Akkumulyator

Aytganimizdek, bu modelda elektr toki sig‘imi 3400 mA soat bo‘lgan “quvvat toshi”dan foydalanilgan.

Wi-Fi orqali Tvitter, pochta, Telegram ilovalari, umuman internetdan foydalanganda, 1 soat to‘liq yorug‘lik bilan HD tasvir ko‘rganda, 6 soat o‘yin o‘ynaganda smartfon quvvati kun bo‘yi yetadi. Aniqrog‘i 18 soatga! Smartfonda 9 soat to‘xtovsiz yuqori sig‘imli video ko‘rish mumkin. Unda Dash Charge nomli tezkor quvvatlash texnologiyasi tatbiq qilingan. Ya’ni, 30 minut ichida akkumulyatorni to‘liq quvvatlash mumkin.

Kommunikatsiya imkoniyatlari

OnePlus 3T apparati 2 ta nano o‘lchamli SIM-kartani qo‘llab-quvvatlaydi. Har ikkala bo‘lmacha aloqaning 3G/4G (LTE) tarmoqlarini qo‘llab-quvvatlaydi. Shuningdek, yaqin masofada to‘lovlarni elektron amalga oshirish imkonini beradigan NFC texnologiyasi ham mavjud.

Smartfon Wi-Fi (ac va b/g/n/ac), Bluetooth 4.2, GPS, GLONASS va BeiDou simsiz tarmoqlarida ishlaydi. Undagi USB Type-C (USB 2.0) orqali ham ma’lumotlarni almashish va qurilmani quvvatlash mumkin.

Multimedia

OnePlus 3T smartfonidagi ovoz dinamigi sifat jihatdan o‘rtadan bir oz yuqori. Bu borada gadjet Meizu Pro 6 Plus, Samsung Galaxy S7 bilan bellasha oladi. Musiqa uchun maxsus firma pleyeri o‘rnatilgan. Dirac HD Sound ilovasi ovozni yanada sozlab eshittiradi.

Kameralar

OnePlus 3T kamerasi uchun 16 megapikselli, apertura standarti f/2.0 bo‘lgan Sony IMX298 sensori tanlangan. U optik barqarorlashtirish funksiyasi, fazali avtofokus funksiyalariga ega. Kamera videoni FullHD va 4K sig‘imlarda yozadi. Yorug‘lik yaxshi bo‘lsa, suratlar ham aniq-ravshan chiqadi.

Old kamera ham 16 Mp sig‘imli. Unga Samsung 3P8SP sensori o‘rnatilgan. Suratga olish sifati o‘rtadan bir oz yuqori. U  optik barqarorlashtirish funksiyasiga ega.

Quyidagi suratlarda OnePlus 3T kamerasining imkoniyatlariga o‘zingiz baho bering:

Narx-navo

OnePlus 3T flagmanining 64 GBli talqini 439 dollar, 128 gigabaytlisi 479 dollardan sotuvga chiqarilgan edi. AliExpress orqali bugunda bu smartfonni 410 dollarga buyurtma qilsa ham bo‘ladi. Yurtimiz smartfon bozorlarida OnePlus 3T o‘rtacha 450 AQSh dollaridan sotilmoqda.

Xulosa

Metalldan yig‘ilgan ixcham korpus, keng va rangdor ekran, samarali faoliyat va yirik tezkor hamda doimiy xotira, yirik sig‘imli bosh va old kamera, qiziqarli funksiyalarga boy operatsion tizim bilan OnePlus 3T sizni xursand qilishi mumkin. Aksariyat foydalanuvchilarning fikricha, bozorda Xiaomi Mi5S hamda Meizu Pro 6 Plus gadjetlari uning kuchli raqiblari.

Xulosa

Qaerdan sotib olish mumkin?

olx.uz $450 Sotib olish

 Afzalligi

 Kamchiligi