OnePlus 5: kamerasida olingan suratlar tarqalmoqda

OnePlus 5: kamerasida olingan suratlar tarqalmoqda

OnePlus 5 renderlari tarqalgach, ko‘pchilik ishqibozlar xitoylik kompaniyani iPhone 7 Plus’ning klonini yaratishda ayblashdi. $479 dollardan boshlab sotilishi kutilayotgan flagman:
– 5,5 dyuymli FHD‑sig‘imli hamda raqamli kinoteatrlarda tatbiq qilinadigan DCI P3 standartiga ega innovatsion displeyga;
– Snapdragon 835 platformasiga;
– 6/8 gigabaytli tezkor LPDDR4 xotirasiga, 64/128 Gb UFS 2.1 turidagi doimiy xotiraga;
– 3300 mA soat sig‘imli akkumulyatorga;
– 20 va 16 megapikselli qo‘sh sensorli kameraga;
– Ilg‘or Bluetooth 5.0 standartiga ega bo‘ladi.

Kompaniya flagmanning bosh kamerasida olingan ilk suratlarni e’lon qilib, jamoatchilikning diqqatini tortishga urinishmoqda. Jumladan, kompaniya rahbari o‘zining nonushtasini suratga olib, ijtimoiy tarmoqdagi sahifasiga joylashtirgan. Kameraning 16 megapikselli kamerasida olingan quyidagi surat sig‘imi 4608x3456 pikselga teng bo‘lgan.

Bu esa OnePlus 5’ning bosh kamerasidagi “Portret” funksiyasida olingan surat.

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!