OnePlus 5 tezkorlikda Samsung Galaxy S8’ni ortda qoldirdi

OnePlus 5 tezkorlikda Samsung Galaxy S8’ni ortda qoldirdi

OnePlus kompaniyasi shu kunlarda o‘zining keyingi flagmani bo‘lmish OnePlus 5’ni namoyish qilish rejasida yuribdi. Yaqin-yaqingacha OnePlus 3T ham benchmarklarda eng samarali ishlaydigan android smartfon sifatida peshqadamlardan biri edi. Uning yangi flagmani ham samarador ishlash tizimiga ega bo‘lishi kutilmoqda. Mobil qurilmalarning platforma samaradorligini baholaydigan Geekbench imtihonida OnePlus 5’ning ko‘p-yadroli ishlash bo‘yicha Galaxy S8’ni ortda qoldirgani xabar qilinmoqda.

OnePlus 5 bu borada 6687 ball to‘plagan, Samsung Galaxy S8+ esa 6375 ball bilan kifoyalangan edi. Shunday bo‘lsa ham, Samsung Galaxy S8+ bitta yadroning samarali ishlashi bo‘yicha 1978 ball to‘plab, 1963 ball olgan OnePlus 5’ni ortda qoldirgan. Bu borada mutloq chempionlik 3473 ball bilan Apple iPhone 7 Plus’ga nasib qilgan.

OnePlus 5 flagmani 5.5 dyuymli Full HD displey, 8 yadroli Qualcomm Snapdragon 835 protsessori, 6/8 GB tezkor va 64/128/256 GB doimiy xotira bilan ta’minlanadi. Smartfonning 3600 mA soat quvvat sig‘imiga ega akkumulyatori bo‘ladi. Uning quvvat olish tezkorligi avvalgi smartfonlarga nisbatan 25 foizga tezlashgan.
Ma’lumotlarga ko‘ra, orqa panelda 2 ta sensorli bosh kamera uchun joy ajratilgan. U bozorga ayni paytda $439 dollardan sotilayotgan OnePlus 3T’dan qimmatroq narxga chiqariladi.