OnePlus 5T sotilish bo‘yicha rekord o‘rnatdi

OnePlus 5T sotilish bo‘yicha rekord o‘rnatdi

OnePlus kompaniyasi har yili 2 ta kuchli smartfon taqdim qilishni odat tusiga aylantirdi. Birinchi smartfon nomiga "T" indeksini qo‘shib qayta taqdim qilish avvaliga ekspertlarning ham diqqatini oshirgan bo‘lsa, OnePlus 3T misolida uning muvaffaqiyatli tadbir ekanini ko‘pchilik bugun tasdiqlaydi.

OnePlus bu yil ham OnePlus 5'ning davomidan OnePlus 5T'ni taqdim qildi va OnePlus 5 ishlab chiqarish, savdodan olindi. OnePlus 5T 21 noyabrda AQSh va Yevropada sotuvga chiqarildi. Kompaniya esa 22 noyabrda yangi flagman tezkor sotilishda 6 soat ichida rekordni yangilagani to‘g‘risida rasman e’lon qildi. Hozircha biror raqam yoki dalil mavjud emas.

O‘qingiPhone X tezkorlikda yangi androidga mag‘lub bo‘ldi

"Bugun tendensiyalar jadal o‘zgarmoqda va har yarim yilda biror ilg‘or mobil texnologiya paydo bo‘lmoqda. Biz dastlabki smartfonning "merosxo‘ri"ni aynan shu talablar asosida, muxlislar uchun foydali jihatlar bilan ishlab chiqaramiz", deydi kompaniya asoschisi Karl Pey.

Biroq, ishqibozlar o‘rtasida shunday savol yuzaga keladi: agar 6 oydan so‘ng flagmanning ilg‘or talqini eski narxda chiqariladigan bo‘lsa, dastlabki talqinni sotib olishda qanday mantiq bor?

OnePlus 5T'ning OnePlus 5'dan bosh farqi -- romdan xalos bo‘lgan yirik ekrani hisoblanadi. Narx esa deyarli o‘zgarmagan.

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!