OnePlus 5T: yangi flagman eski narxda sotiladi

OnePlus 5T: yangi flagman eski narxda sotiladi

Shu yilning iyunida taqdim qilingan 5,5 dyuymli OnePlus 5 modeli ayni paytda Android smartfonlar orasida eng ilg‘or platformaga egaligi bilan o‘ziga xos. OnePlus kompaniyasi shu kunlarda uning "merosxo‘ri" bo‘lishi kutilayotgan OnePlus 5T'ni ham namoyish qilishni rejalashtirmoqda.

OnePlus kompaniyasi kuni kecha OnePlus 5T'ning ilg‘or jihatlarga boy bo‘lishi barobarida, OnePlus 5'ning narxida sotilishini ma’lum qilgan. Jumladan, ma’lumotlarga ko‘ra, OnePlus 5T diagonali 6 dyuymli, Full HD+ (2160x1080) piksel sig‘imli, Optic AMOLED-displeyga ega bo‘ladi. Uning ekran tomonlari o‘zaro 18:9 nisbatda bo‘ladi.

Smartfonga Sony IMX398 va IMX350 sensorlari bazasidagi 20+16 MP sig‘imli qo‘sh ob’yektivli asosiy kamera o‘rnatiladi. Uning selfi-kamerasi ham ilg‘or – Sony IMX371 bazasidagi 16 megapikselli modul. OnePlus 5T «yuragi» bo‘lib Qualcomm Snapdragon 835 protsessori xizmat qiladi.

Devaysning tezkor xotirasi 6 yoki 8 gigabayt, ichki flesh-xotirasi esa 64 yoxud 128 gigabayt hajmga ega. Akkumulyatori 3450 mA/soat sig‘imli bo‘lgan ushbu gadjet Android 7.0 Nougat operatsion tizim boshqaruvi ostida ishlaydi.

Hindistonlik insayderlardan biri OnePlus 5T'ning turli modellariga belgilangan narxlar aks etgan ro‘yxatni e’lon qildi. Unga ko‘ra, smartfon kamida 2 talqinda ishlab chiqariladi: 6 GB tezkor va 64 GB doimiy xotiraga ega talqin $505, 8/128 GB talqin $581 dollardan sotiladi. Aytish kerakki, ayni paytda OnePlus 5 ham jahon smartfon bozorida shu narxda sotilmoqda. Jumladan, uning 6/64 GB talqinining yurtimizdagi bahosi 550 AQSh dollarini tashkil qiladi.

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.