"AnTuTu rekordchisi"ning narxi ham aniq bo‘ldi

One Plus odatda yiliga bir dona va sifatli flagman tayyorlashga odatlangan. Shu kunlarda ishlab chiqaruvchi OnePlus 6 smartfoni ustida izlanmoqda va muxlislarini xursand qilish harakatida yuribdi. OnePlus 6 suratlari bugungi kungacha bir necha marotaba internetda e’lon qilindi. Kuni kecha uning narxi hamda jihatlariga oid ma’lumot tarqaldi.

OnePlus 6 modeli 8 gigabaytli tezkor xotira ham 256 gigabaytgacha doimiy xotira bilan ta’minlanadi. Hozircha 64 yoki 128 gigabaytli doimiy xotira talqini to‘g‘risida biror ma’lumot yo‘q.

OnePlus 6 smartfonining xomaki nusxasi AnTuTu benchmarkida eng yuqori – 276510 ball to‘pladi. Bu bilan u ushbu benchmarkdagi oldingi rekord – Xiaomi Mi Mix 2S to‘plagan 270461 balldan ham oshib o‘ta oldi.

OnePlus 6 mobil qurilmasida 6.2 dyuymli, tomonlar nisbati 19:9 standartli displey bo‘ladi. AMOLED matritsali displeyning piksel sig‘imi 2280 x 1080 belgiga teng bo‘ladi.

Bu smartfon Snapdragon 845 protsessori bilan yanada kuchli. 6 yoki 8 gigabaytli tezkor xotira uning imkoniyatlarini yanada oshiradi. 12 + 20 megapiksel aniqligidagi sensorlar hamjihatligi bosh kameraning mahoratiga xizmat qiladi. Ularning har birida f/1.7 standartidagi ilg‘or apertura bo‘ladi. Old kameraning 20 megapikselli bo‘lishi kutilmoqda.

Android 8.1'ning o‘zlashtirilgan Oxygen OS tizimida faoliyat ko‘rsatadigan smartfonda tok sig‘imi 3,450 mA soat bo‘lgan akkumulyator bo‘ladi. Firma ishlab chiqargan Dash Charge esa yanada qisqa fursatlarda akkumulyatorni quvvat bilan to‘ldirish uchun ayni muddao.

OnePlus 6 modelining displeyga joylashtirilgan virtual skanerga hamda LTE tarmog‘ida gigabit tezligida ishlaydigan 3D yuz-qiyofa skaneriga ega bo‘lishi kutilayotgan edi. Biroq, kompaniya bunga jazm qilgan-qilmagani to‘g‘risida hozircha aniq ma’lumot yo‘q. Ammo, orqa panelda barmoq izi skaneri uchun joy ajratilgani diqqatni tortadi.

Telefon apparati korpusining qalinligi 7,5 mm hamda vazni 175 gramm bo‘ladi.

OnePlus 6 modelining eng yuqori talqini $749 AQSh dollariga baholanishi ma’lum qilingan.

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!