OnePlus navbatdagi “flagmanlar kushandasi”ni tayyorlamoqda

OnePlus navbatdagi “flagmanlar kushandasi”ni tayyorlamoqda

Xitoyning Weibo mikroblogida OnePlus 3 smartfonining davomchisi bo‘lgan OnePlus 3T (yoki OnePlus 3 Turbo) modeli haqidagi tafsilotlar paydo bo‘ldi. Avvalroq saytimizda AMOLED displey yetkazib berish bilan bog‘liq muammolar tufayli xitoylik kompaniya OnePlus 3 modelini boshqa ishlab chiqarmasligi mumkinligi haqida  xabar bergan edik.  Aftidan, OnePlus firmasi yangi flagmanni anonsga tayyorlayotgani ham ushbu sabab bilan bog‘liq bo‘lsa kerak.

OnePlus 3T (OnePlus 3 Turbo), mish-mishlarga qaraganda, Snapdragon 821 SoC protsessori, LCD-ekran, 6 GB LPDDR4 operativ xotira va 64 GB doimiy xotira bilan jihozlanadi. Modelga 8 Mpli old kamera hamda Sony IMX298 sensoriga ega bo‘lgan 16 MPli asosiy kamera o‘rnatiladi.

Bundan tashqari, yangi avlod “flagmanlar kushandasi” simmetrik USB Type-C porti, barmoq izi skaneri, tezkor zaryadlash texnologiyasini qo‘llab-quvvatlaydigan sig‘imi 3000 mA/soatli batareya va 4G VoLTE moduliga ega bo‘ladi.

Yangi flagman $399 narxida sotuvga chiqarilishi ma’lum qilingan. Taqdimoti tez orada o‘tkazilishi kutilmoqda.

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!