Opera asoschisi yangi Vivaldi brauzerini ishga tushiradi

Opera asoschisi yangi Vivaldi brauzerini ishga tushiradi

Opera Software kompaniyasi asoschisi va sobiq rahbari Yon fon Techner o‘zining Vivaldi brauzerini ishga tushiradi, deb yozadi «TASS». Techner unga 6 million dollar sarmoya kiritdi.

U 1995 yilda Opera Software asoschilaridan biri bo‘lgan. Opera rahbari lavozimini u 2010 yildayoq tark etib, bir yilga yaqin maslahatchi sifatida ishladi, 2011 yilda esa kompaniyani rivojlantirishning yangi yo‘nalishiga qarshi bo‘lgani tufayli, uni butunlay tark etdi.

Shundan so‘ng Techner yangi brauzerni ishlab chiqish bilan shug‘ullanishga qaror qildi. Dastlab Vivaldi Technologies ustav kapitali taxminan 500 ming dollarni tashkil qilgan bo‘lsa, ayni paytgacha Techner mahsulotni ishlab chiqishga qariyb 6 million dollar sarmoya kiritdi. Uning aniqlik kiritishicha, kompaniya begona investorlarga ulush sotishni rejalashtirmayapti.

Manba: Daryo.uz

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!