Opera o'zining yangi brauzerini mutlaqo yangi dizayn va sun'iy intellekt funksiyalari bilan taqdim qildi

Opera o'zining yangi brauzerini mutlaqo yangi dizayn va sun'iy intellekt funksiyalari bilan taqdim qildi

Opera kompaniyasi o'zining xuddi shu nom ostidagi taniqli brauzerining yangicha dizayn va funksiyalarga ega bo'lgan variantini taqdim qildi. Opera One nomli ushbu yangi brauzer modulli dizaynda suyuqli animatsiyalarga ega va u keyinchalik Windows, macOS va Linux operatsion tizimlarida hozirgi Opera o'rnini egallaydi.

Opera One brauzeri hozirgi Opera'ga qaraganda ancha "tozaroq" ko'rinishga ega yoxud uning yon va yuqori panellarida kelajakda yaratiladigan sun'iy intellekt funksiyalari, kengaytmalari uchun juda ko'p bo'sh joy mavjud. Hozircha yangi brauzerning SI xususiyatlari haqida ko'p ma'lumotlar ochiqlanmangan, lekin shunisi ma'lumki, Opera One brauzeri ChatGPT va ChatSonic kabi SI xizmatlari standart tarzda yoqilgan holatda keladi.

Yangi brauzerning eng o'ziga xos va e'tiborli xususiyati "yorliq (tab) orollari" bo'lib, bunda brauzer kontentga ko'ra veb-saytlarni avtomatik ravishda bitta guruhga yig'adi. Masalan, agar siz restarantlar va ularning menyulari sahifalarini ochgan bo'lsangiz brauzer ularni bitta guruhga, hujjatlar va shunga oid boshqa sahifalarni ochgan bo'lsangiz ularni yana bir guruhga oladi. Har bir orol yoxud guruh alohida rangdagi tayoqcha bilan ajralib turadi. Albatta, avtomatik "orollash"dan tashqari foydalanuvchilar o'zlari qo'lda yorliqlarni guruhlashlari ham mumkin.

Kompaniya o'tkazgan tadqiqotga ko'ra, foydalanuvchilar brauzer bilan ishlash davomida tartibsiz holda ochiq turgan yorliqlardan negativ bosim ostiga tushishadi – "yorliq orollari" funksiyasi esa aynan shunday vaqtda yordam keladi.

Hozirda Opera One brauzeri unga oldindan kirish (early access), ya'ni beta sinovlaridan avvalgi jarayonda bo'lib, u barqaror versiyada shu yilning oxirlarida chiqarilishi kutilmoqda. Agar barqaror versiya chiqarilishini kutishni xohlamasangiz yangi brauzerning ishlab chiquvchilar uchun versiyasini hoziroq Opera saytidan yuklab olishingiz mumkin.

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!