Oppo bu yil 160 mln dona smartfon yetkazib beradi

Oppo bu yil 160 mln dona smartfon yetkazib beradi

Yil boshida BBK Electronics kompaniyasining “farzand”lari bo‘lgan Oppo va Vivo smartfon ishlab chiqaruvchi kompaniyalarining bu yil 150 mln dona smartfon ishlab chiqarishlari to‘g‘risidagi xabar tarqalgan edi.

Yangi ma’lumotlarga ko‘ra, Oppo 2017 yilda maqsadni katta qo‘ygan. Xususan, kompaniya o‘zining smartfon tayyorlanadigan 3 ta zavodini yana 2 taga ko‘paytiradi. Ulardan biri yirik smartfon bozori bo‘lgan Hindistonda ham faoliyatini boshlaydi.

Natijada, IHS Technology marketing tadqiqotlari muassasasining bashorat qilishicha, kompaniyaning savdosi joriy yilda 60 foizga ko‘tariladi va Oppo 2017 yilda bira to‘la 160 mln donadan ziyod “aqlli telefon” yetkazib berish salohiyatiga ega bo‘ladi.

IDC xalqaro tadqiqot markazining ma’lumotlariga ko‘ra, Oppo kompaniyasi 2016 yilda foydalanuvchilarga 99,4 mln dona smartfon yetkazib bergan. Bu 2015 yilda sotilgan qurilmalar sonidan 132,9 %ga ko‘p. Kompaniyaning xalqaro smartfon bozoridagi hissasi 7,3 %ni tashkil qiladi.

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!