Oppo K10 Pro va K10 5G smartfonlari taqdim etildi

Oppo K10 Pro va K10 5G smartfonlari taqdim etildi

Oppo o‘tgan oyda K10 smartfonini taqdim etgan edi. Kecha esa ushbu smartfonning kuchliroq versiyalari: K10 5G va K10 Pro qurilmalari e’lon qilindi. Ikki smartfon ham Xitoy bozori uchun ishlab chiqilgan. Hozircha ularning global versiyasining chiqishi noma’lum. 

Oppo K10 Pro 

Pro model 120 gerts chastotada ishlovchi 6.62 dyuymli FHD+ AMOLED displeyi bilan jihozlangan. Maksimal 1300 nit yorqinlikka ega bo‘lgan ushbu displey Gorilla Glass 5 shishasi bilan himoyalangan. 

Smartfon Snapdragon 888 chipi bilan jihozlangan bo‘lib, u 8/12GB tezkor, 128/256GB doimiy xotira bilan integrallashgan. 

Chip darajasi flagman bo‘lgani bilan qurilmaning kameralari unchalik yuqori darajada emas. Oppo K10 Pro optik tasvir barqarorlashtirgichi va f/1.8 diafragma linzasiga ega bo‘lgan 50MP asosiy kamera, f/2.2 diafragmadagi 8MP ultrakeng kamera, 2MP makro kamera va f/2.4 diafragmadagi 16MP selfi kamera bilan jihozlangan. 

Qurilmada 5,000 mAs sig‘imli akkumulyator bo‘lib, u 80 vatt SuperVOOC texnologiyasini qo‘llab-quvvatlaydi. To‘lliq quvvatlanishga esa 31 daqiqa vaqt ketadi. 

Smartfon Dolby Atmos funksiyasiniga ega bo‘lgan stereo dinamik va yuqori darajadagi haptik dvigatelga ega. Ushbu dvigatel Razor bilan hamkorlikda ishlab chiqarilgan. Qurilmaning narxi 385 dollardan boshlanadi. 

Oppo K10 5G 

K10 5G bu Pro modelning arzonroq turi hisoblanadi. Uning texnik ko‘rsatkichlari oddiy K10 modelinikidan yaxshiroq. Qurilma Dimensity 8000 Max chipi bilan jihozlangan bo‘lib, uning xotira imkoniyalari Pro modelniki bilan bir xil. 

Qurilmaga 120 gerts chastotada ishlovchi 6.59 dyuymli LCD displey o‘rnatilgan bo‘lib, uning maksimal yorqinlik darajasi 600 nitni tashkil qiladi. Displey Panda Glass shishasi bilan himoyalangan. 

Kameraning texnik ko‘rsatkichlari haqida ma’lumot beradigan bo‘lsak, qurilmaga 64MP f/1.8 asosiy kamera, 8MP f/2.2 ultrakeng kamera, 2MP makro kamera va 16MP f/2.1 selfi kamera o‘rnatilgan. 

Smartfondagi 5,000 mAs sig‘imli akkumulyator 67 vattda quvvat oladi. K10 5G ham Pro model kabi Dolby Atmos funksiyasiga ega stereo dinamik va yuqori darajadagi haptik dvigatelga ega. Uning narxi 310 dollardan boshlanadi. 

O‘QING: vivo ikkita flagman smartfonni taqdim etdi 

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.